MLSning "Inter Mayami" klubi "PSJ" hujumchisi Lionel Messiga foydali taklif bilan chiqdi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Qayd etilishicha, argentinalik kelajagi haqida yaqin haftalarda qaror qabul qiladi. Parijliklar unga shartnomani yana bir yilga uzaytirish varianti bilan 2024 yilgacha yangi shartnoma taklif qilishmoqda.