Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yevropa ligasida g‘alaba qozonish uchun kimning imkoniyatlari yaxshiroq? – "MYU" "Arsenal"dan kuchliroq ko‘rinmoqda

Yevropa ligasida g‘alaba qozonish uchun kimning imkoniyatlari yaxshiroq? – "MYU" "Arsenal"dan kuchliroq ko‘rinmoqda

Baho:
+ | -

YELning nimchorak bosqichi start olgan edi. Birinchi davra bahslaridan keyin kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi. Quyida jamoalarning imkoniyatlari chamalab ko‘rilgan holda, turnirni yutish uchun 10 ta favorit klublar nomlari keltirib o‘tiladi.

1. "MYU"

"Manchester Yunayted" uchun keyingi bosqich masalasini olish ancha qiyin kechdi. Negaki, bu jamoa o‘tish o‘yinlarida qatnashishga majbur edi. Shunday ham bo‘ldi va ten Xag shogirdlari "Barselona"ni musobaqadan chiqarib tashladi. Keyingi bosqichda duch kelgan "Real Betis" esa 4-1 hisobida mag‘lub etildi. Ikkinchi davradan oldin "qizil iblislar"ning imkoniyatlari oshib ketdi.

2. "Arsenal"

To‘pchilar APLda chempionlikka kurashayotgani sababli Yevropa ligasini ikkinchi o‘ringa qo‘yishga majbur bo‘lmoqda. Mikel Arteta Gvardiolaning "Manchester Siti"sini yetkazmaslik uchun, bor kuchini ichki chempionatga qaratishga harakat qiladi. "Arsenal" birinchi davrada "Sporting" maydonida 2-2 hisobida durang qayd etdi.

3. "Yuventus"

Italiya kubogining yarim finali bir yon, YEL bir yonga aylandi. Ichki chempionatda 15 ochkodan ayrilgan turinliklarning yolg‘iz umidi faqatgina Yevropa ligasidan bo‘lib qolmoqda. Masimilano Allegri "Freyburg" to‘sig‘idan o‘tib olsa, hammasi yurishib ketishi mumkin.

4. "Roma"

Bu mavsumda "Roma" A seriyada YECHL yo‘llanmasi uchun qattiq kurash olib bormoqda. Ammo Joze Mourinyo Yevropa ligasining ahamiyatini yaxshi biladi. Harxolda, u 2017 yilda bu sovrin ta’mini totib ko‘rgan. Nimchorak finalning ilk bahsida poytaxt klubi "Real Sosyedad"ni 2-0 hisobida mag‘lub etdi.

5. "Sevilya"

"Sevilya" La-ligada juda ham murakkab davrni boshdan o‘tkazmoqda. Jamoa turnir jadvalida 17-o‘ringa tushib ketgan. Andalusiyaliklar so‘nggi 16 talik bosqichida "Fenerbaxche" bilan kuch sinashib ilk o‘yinda 2-0 hisobida zafar quchdi.

6. "Bayer 04"

Nemislar Bundesligada jadval o‘rtasidan joy olgan. Ular YECHLdan tushib, "Monako"ni o‘tish bahsida mag‘lub qilgandi. Nimchorakda esa "Ferensvarosh" bilan to‘qnash kelindi.

7. "Union Berlin"

Yana bir Germaniya jamoasi o‘tish bahslarida "Ayaks"dan ustun kelgandi. Hozir esa Berlin klubi uchun hammasi yaxshi kechmoqda. Jamoa Bundesligada ham yaxshi imkoniyatga ega.

8. "Feyenoord"

Niderlandiya klubi guruh bahslarini kutilmaganda g‘olib sifatida yakunladi. Erdiviziya yetakchisi so‘nggi bahsda "Shaxtyor" bilan 1-1 hisobida durang qayd etdi.

9. "Real Sosyedad"

Bu jamoa guruh bahslarida "MYU" bor joydan birinchi o‘rinni olib chiqqan edi. Ammo nimchorakda jiddiy raqib duch keldi. Endi sosyedadliklar ikkinchi davrada "Roma"ga qarshi ikki to‘plik farqni yo‘qqa chiqarishi kerak. Aks holda, turnir bilan xayrlashiladi.

10. "Frayburg"

Bundesligada bu klub yaxshi harakat qilmoqda. Kristian Shtrayx shogirdlari YECHL yo‘llanmasi uchun harakat qiladi. "Frayburg" guruh bahslarini ham yetakchi sifatida tugatgan edi. Ammo pley-offlarda bu klubga "Yuventus"dek jiddiy raqib yo‘liqdi. Endi bu to‘siq yengib o‘tilishi kerak.

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 18:20, 11.03.2023.
O'qildi: 2746 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.