Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luisma Ernandes: «Futbolchilarning o‘yinga bo‘lgan munosabatidan ko‘nglim to‘lmadi»

Luisma Ernandes: «Futbolchilarning o‘yinga bo‘lgan munosabatidan ko‘nglim to‘lmadi»

Baho:
+ | -

«Metallurg» bosh murabbiyi Luisma Ernandes Superliga 2-turida «Navbahor»dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

“Ba’zi futbolchilarning individual xatolari sabab birinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yubordik. Futbolchilarimning o‘yinga bo‘lgan munosabatidan ko‘nglim to‘lmadi.

O‘tgan safar ta’kidlaganimdek, mavsum oldi tayyorgarlikni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmaganligimiz, yangi futbolchilarning jamoaga kirishib ketishi ham sekin kechmoqda. Bundan tashqari, ayrim futbolchilarning ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishimiz kerak. Qolaversa, himoya chizig‘idagi futbolchilarimizda jarohatlar mavjud. Bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Maqsadimiz, o‘tgan yilgi natijani yaxshilash.

«Navbahor» mavsumni ko‘tarinki ruhda boshladi. Bunda jamoa uy uchrashuvlarini o‘tkazganligini ham inobatga olish zarur. «Paxtakor» ikki o‘yinda imkoniyatni boy berdi, ammo bu mavsumning boshi. Shunga qaramay, men bo‘lajak bahsda namanganliklarning imkoniyatini yuqori baholayman”, – dedi mutaxassis.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:25, 11.03.2023.
O'qildi: 1539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик