Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Soyadagi maestro yoxud «Dortmund»ning yangi qahramoni

Soyadagi maestro yoxud «Dortmund»ning yangi qahramoni

Baho:
+ | -

O‘tgan yilning 19 aprelida so‘nggi bor maydonga tushgan Pol Pogba keyinchalik jarohat tufayli «MYU»ning 4ta uchrashuvini o‘tkazib yubordi...

11 iyulda erkin agent maqomida «Yuventus»ga qaytdi, ammo hanuzgacha o‘zining sobiq va yangi jamoasi tarkibida 1 daqiqa ham to‘p surmadi - navbatdagi shikastlanishni davolatish bilan mashg‘ul. Shu vaqt oralig‘ida Sebastyan Aller «Ayaks»­ni Dortmund «Borussiya»siga almashtirdi, saraton xastaligiga chalinganidan xabardor bo‘ldi, uni davoladi va nemis klubi safida Bundesligadagi dastlabki golini nishonladi. Shuningdek, YECHLning 1/8 finali doirasida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushdi. To‘g‘ri, Pogba va Aller turli vaziyatlarni boshdan kechirdilar, ayrim onkologik kasalliklar bo‘g‘imlardagi muammolarga nisbatan tezroq va osonroq tuzaladi. Biroq dortmundliklar hujumchisining faoliyati va hayot yo‘liga befarq munosabatda bo‘lishning iloji yo‘q.

Sebastyan Aller - soyadagi maestro

Faoliyatining asosiy qismida sermahsul o‘yin ko‘rsatgan ivuarlik hujumchining shu paytgacha top-klublar e’tiborini torta olmagani achinarli hol. To‘g‘ri, 30 yoshli Sadio Mane (203}99) va Kevin De Bryuyne (136}222) kabi snayperlar ozchilik emas. Biroq ularning aksariyati nomdor jamoalarda to‘p surishadi. 28 yoshli Aller (154}58) esa yuksak natijalariga qaramasdan, ikkinchi darajali jamoalarda to‘p surdi. Kamtarona faoliyat xususida aniq fikr bildirish qiyin. Qayerdadir Sebastyan ko‘proq zaxirada qolib ketdi, qayerdadir omadi chopmadi. Nihoyat, «Oser», «Utrext» va «Ayntraxt»dan keyin yana o‘rtamiyona «Vest Xem»ga o‘tdi. Biroq 50 mln. evaziga Londonga kelgan hujumchi APLdagi 1,5 yillik muddatda ham o‘zini ko‘rsata olmadi. shundan keyin «Ayaks» uni klub uchun rekord mablag‘ - 22 mln. yevro sarflab, o‘z safiga qo‘shib oldi. Shu tariqa 2021 yilda 26 yoshli hujumchi faoliyatida yangi sahifa ochildi.

Yulduz bo‘lish uchun yosh pisandmas

Angliyadagi davrini Aller eslashni ham yoqtirmaydi - 57ta o‘yinda 14ta gol. Bundan tash­qari, faoliyatidagi eng yomon natijalarning biri. Professional futboldagi debyutini nishonlagan «Oser»da bundan ham yomonroq ko‘rsatkichni qayd etgandi. Taajjubki, Niderlandiya zaminida futbolchi qayta tug‘ildi - yangi jamoaga qishda o‘tgan hujumchi yozgacha 13ta gol va 7ta assistni yozib qo‘ydi va chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi. Keyingi mavsumda 27 yoshli Aller chinakam parvozni namoyish etdi va yulduz maqomiga erishdi. Birinchidan, qatorasiga ikki marta «Ayaks» bilan Niderlandiya chempioni bo‘ldi. Ikkinchidan, 21 gol va 7 assist bilan Erediviziyening eng yaxshi to‘purari unvonini qo‘lga kiritdi. Uchinchidan va bu eng muhimi - YECHLda o‘ta ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Allerning shohona deb­yutini unutmagan bo‘lsangiz kerak: YECHL turniridagi «Sporting»ga qarshi bahsda (5:1) pokerga erishdi. Undan avval faqat Marko van Basten nufuzli turnirdagi debyutini olis 1992 yilda 4ta gol bilan nishonlagandi. Sebastyan shu bilan kifoyalanib qolishni istamadi - nufuzli musobaqaning qatorasiga 7 uchrashuvida snayperlik mahoratini namoyish etdi va o‘sha mavsumda 11ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Bu ham navbatdagi rekord ko‘rsatkich , undan avval hech qaysi futbolchi unchalik tez (Sebastyan bu natijani 8ta o‘yinda qayd etgan) erisha olmagandi. To‘g‘ri, yakunda «Ayaks» «Benfika» to‘sig‘idan o‘ta olmadi, lekin Aller Portugaliya grandi darvozasini ham ishg‘ol etdi. U o‘sha turnirdagi gollari o‘rtacha 1,48ga to‘g‘ri keldi.

Cho‘zilib ketgan debyut  va yangi tarix

Navbatdagi imkoniyat Allerni uzoq kuttirib qo‘ymadi. Xolandni «Manchester Siti»ga berib yuborgan Dortmund «Borussiya»si uning gollariga ko‘nikib qolgani va bo‘shliqni zudlik bilan to‘ldirish kerakligini tushunib yetdi. «Ayaks» tarkibida Eredivizion va YECHLni yondirgan Aller eng maqbul nomzod edi. Bundan tashqari, Sebastyan Bundesliga tajribasiga ega, «Ayntraxt» bilan Germaniya Kubogi sohibi bo‘lgandi. Dortmundliklar ivuarlik hujumchi uchun 31 mln. yevrodan voz kechishdi. Bu Sebastyan bilan bog‘liq navbatdagi debyut. 6 iyulda Dortmundga ko‘chib o‘tgan Aller «Signal Iduna-Park» va uning muxlislaridan hayratda ekanligini taqdimot marosimida e’tirof etgandi. Biroq shukuhli damlar uzoqqa cho‘zilmadi - 18 iyulda Sebastyan o‘zini noxush his eta boshladi. Tibbiy tekshiruvlar natijasida uning saraton xastaligiga chalingani ma’lum bo‘ldi. Balki kasallik xususida maqtanish ajablanarli holdir, ammo bu masalada hujumchiga omad kulib boqdi. Uning xastaligi onkologiya sohasidagi eng yengil kasallik bo‘lib, bemorlarning 95 foizi tezda oyoqqa turib ketishar ekan. Aller uchun 2ta jarrohlik amaliyoti, 4ta kim­yoterapiya muolajasi va yarim yillik tiklanish jarayoni yetarli bo‘ldi.

«So‘nggi 6 oy ichida olib borilgan ishlar behuda ketmaganligini hozir hamma ko‘rishi mumkin. Masalan, shifoxonada o‘zini menga nisbatan yaxshi his etayotgan ko‘plab kishilarga duch keldim. Bu holatga ko‘nikish og‘ir bo‘ldi. Biroq men bir lahzaga bo‘lsada, ular kabi sog‘ayib ketishimga shubha qilmadim. Ana shu ishonch menga kuch-quvvat bag‘ishladi. Shuningdek, menikiga o‘xshash xastalikka chalingan do‘stlarim bilan gaplashib turdim. Bemorlik davri turlicha o‘tgan bo‘lsada, biz bir,birimizga qimmatli maslahatlar berib turdik. Dastlabki o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmanmi? Bu haqda ilk kundan beri o‘ylardim. Chunki men aynan shu uchun klubdaman», - degandi Sebastyan keyinchalik.

Shu yilning 21 yanvarida «Borussiya D.» Allerning butsasini namoyish etdi. Unda «Yo‘qolsin saraton!» yozuvi bitilgandi. Bir kundan keyin hujumchi nemis klubidagi debyutini nishonladi, 3 kundan keyin dastlabki samarali uzatmasi, fevral oyidagi «Frayburg»ga qarshi bellashuvda esa «qovog‘arilar» libosidagi debyut golini amalga oshirdi. Darvoqe, mazkur bellashuv aynan xalqaro onkologiyaga qarshi kurash kunida bo‘lib o‘tdi. 15 fevralda Sebastyan dortmundliklar tarkibida o‘zining suyukli musobaqasi bo‘lgan YECHLning nimchorak finalida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushib, 68 daqiqa to‘p surdi. To‘g‘ri, bu o‘yinda u gol ura olmadi, jamoasi kichik (1:0) hisobdagi g‘alaba bilan kifoyalandi.

S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:00, 12.03.2023.
O'qildi: 2520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.