«Tottenxem» bosh murabbiyi Antonio Konte APLning 27-turi doirasidagi «Nottingem»ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng jamoaning turnir jadvalidagi holati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz uchun kuchli to‘rtlikka kirish Premyer-ligada g‘alaba qozonish bilan barobar. Bu o‘tgan mavsumda sodir bo‘ldi va men bu mo‘’jizaligini aytdim.
Bu mavsum ancha qiyin bo‘ladi, poygada ko‘plab jamoalar bor» - dedi Konte.
«Tottenxem» 48 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.