Kirish Ro'yxatdan o'tish

Asror Aliqulov: «To‘g‘ri tanlangan taktika tufayli «Buxoro»ni mag‘lub etdik»

Asror Aliqulov: «To‘g‘ri tanlangan taktika tufayli «Buxoro»ni mag‘lub etdik»

Baho:
+ | -

Superliga 2-turi doirasida o‘z uyida «Buxoro»ni minimal hisobda mag‘lub etgan «Qizilqum» klubi bosh murabbiyi Asror Aliqulov jamoa avvalgi uchrashuvdagi xatolardan to‘g‘ri xulosa qilganini va bugungi o‘yinda to‘g‘ri tanlangan taktika evaziga uch ochko qo‘lga kiritilganini aytdi.

“Bugun o‘ziga xos derbida kuchli raqibni mag‘lub etdik. Avvalgi o‘yindagi harakatlarimizdan qoniqmagan edim. Bugun to‘g‘ri tanlangan taktika tufayli «Buxoro»ni mag‘lub etdik. Ular kuchli hujum chizig‘i orqali bosim uyushtirishini bilar edik. Shu bois, tezkor qarshi hujumlardan foydalanishni afzal ko‘rdik. Raqibni yopa oldik va g‘alaba qozondik”, - deydi Aliqulov.

“Keyingi o‘yin bizga juda qiyinchilik tug‘diradigan o‘yin. «Metallurg»ga qarshi qiyin uchrashuv kutayapti. Bugun derbi bo‘lgani uchun qattiq tayyorgarlik ko‘rgan edik va ko‘p kuch sarflab yubordik”.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 00:04, 13.03.2023.
O'qildi: 1130 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик