Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

A seriya. Yettita gol urilgan o‘yinda «Roma» «Sassuolo»ga yutqazdi (videosharh)

A seriya. Yettita gol urilgan o‘yinda «Roma» «Sassuolo»ga yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining 26-turi doirasida «Roma» o‘z maydonida «Sassuolo»ni qabul qilib, imokniyatni boy berdi. Muxlislar mazkur o‘yinda 7ta gol guvohiga aylanishdi.

Mehmonlar uchrashuvni ancha faol boshlashdi hamda 13 va 18-daqiqalarda Arman Loryante "Roma" darvozasiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Rimliklar 26-daqiqaga kelib bitta javob to‘pini kiritishgandi, biroq birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3-daqiqada jamoa himoyachisi Kumbula "qovun" tushirdi. U yerda yotgan va to‘pga egalik qilmayotgan raqib futbolchisini ochiqdan ochiq tepdi va maydondan chetlatildi. Belgilangan penaltini Berardi golga aylantirib, oradagi farqni yana ikkitaga oshirdi.

"Roma" ikkinchi bo‘limda bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, raqib darvozasiga 2 marta yo‘l topishdi, ammo o‘z darvozalaridan bitta to‘p o‘tkazib yuborishdi ham. 50-daqiqada Dibala gol muallifiga aylangan bo‘lsa, 75-daqiqada Pinamonti "Sassuolo"ning to‘rtinchi to‘pini "Roma" darvozasiga kiritdi.

O‘yin qo‘shib berilgan 5-daqiqada Veynaldum hisobni 3:4 ko‘rinishiga keltirdi. Lekin "Roma" bundan boshqasiga vaqt ham, imkon ham qolmadi. Mourinyo jamoasi ushbu mag‘lubiyat tufayli 47 ochko bilan 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, "Sassuolo" o‘z ochkolarini 33taga yetkazib oldi.

Italiya A seriyasi, 26-tur
Roma – Sassuolo 3:4 (1:3, 2:1)
Gollar: 0:1 – 13 Loryante, 0:2 – 18 Loryante, 1:2 – 26 Zalevski, 1:3 – 45+4, penalti Berardi, 2:3 – 50 Dibala, 2:4 – 75 Pinamonti, 3:4 – 90+5 Veynaldum.
Roma – Ruy Patrisiu, Smolling, Kumbula, Rojer, Spinassola (Karsdorp, 46), Veynaldum, Matich (Kamara, 56), Bove (Dibala, 46), Zalevski (Volpato, 77), El-SHaaravi, Abraxam (Mayxshak, 77).
Sassuolo – Konsili, Tolyan, Ferrari, Ruan (Erlich, 64), Rojerio, Lopes (Obiang, 64), Frattezi, Mateus Enrike, Berardi (Bayrami, 76), Pinamonti, Loryante (Defrel, 76).
Ogohlanirishlar: Smolling (9), Lopes (50), Matich (54), Ruan (58), Rojer (73), Kamara (86).
Chetlatish: Kumbula (45+3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:40, 13.03.2023.
O'qildi: 11891 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик