Kirish Ro'yxatdan o'tish

Amrabat APLdan ko‘ra, La Ligaga o‘tishni afzal ko‘rmoqda

Amrabat APLdan ko‘ra, La Ligaga o‘tishni afzal ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat Angliya Premyer-ligasi klublari tomonidan bo‘layotgan qiziqishlarga qaramay, Ispaniya chempionatiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Marokashlik futbolchining xizmatlariga hozircha jiddiy qiziqish bildirayotgan yagona klub bu moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kataloniyalik "Barselona"dir. Shu sababli, "ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachi transferini amalga oshirishi dargumon.

Amrabat Qatardagi jahon chempionatining asosiy kashfiyotlaridan biriga aylandi. Futbolchi Marokash terma jamoasining yarim finalga chiqishiga va bunday muvaffaqiyat bilan Afrikaning birinchi jamoasiga aylanishiga yordam berdi.

Kiritildi: 14:25, 13.03.2023.
O'qildi: 3473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик