Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Chelsi" va "Man Yunayted" "Borussiya D" darvozaboniga da’vogar

"Chelsi" va "Man Yunayted" "Borussiya D" darvozaboniga da’vogar

Baho:
+ | -

"Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari Dortmundning "Borussiya" klubi darvozaboni Gregor Kobelga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Sport1 jurnalisti Patrik Berger.

Manba bergan xabarga ko‘ra, har ikki klub vakillari futbolchining agenti bilan dastlabki muzokaralar olib borishgan. Shu bilan birga, "Borussiya" 25 yoshli shveysariyalikni sotmoqchi emas, futbolchining o‘zi esa yana kamida bir mavsumni Germaniya jamoasida o‘tkazishni istamoqda.

Kobel 2021 yilning iyul oyida "Shtutgart"dan Dortmundning "Borussiya"siga ko‘chib o‘tgan. 2022/23 yilgi mavsumda darvozabon 25 uchrashuvda 22 ta gol o‘tkazib yubordi va 12 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Transfermarkt.com portali darvozabonning narxini 25 million yevroga baholamoqda, uning shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 15:32, 14.03.2023.
O'qildi: 5224 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик