Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. «Andijon» – «Bunyodkor»

Prevyu. «Andijon» – «Bunyodkor»

Baho:
+ | -

18 mart kuni “Andijon” Superliganing 3-turida Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qiladi.

Xabaringiz bor, “Andijon”ning uy o‘yinlari o‘tkaziladigan “Bobur Arena” stadionida ayni paytda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani tufayli klubi vaqtincha Farg‘onaning “Istiqlol” stadionidan foydalanib turadi.

“Andijon” – “Bunyodkor” qarama-qarshiligi oldidan odatga ko‘ra ikki jamoaning shu paytgacha Superligadagi o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar tashlamoqchimiz.

“Burgutlar” hamda “Qaldirg‘ochlar” kuchlilar orasida 24 marta to‘qnashishdi va navbatdagisi 25-o‘yinga aylanadi. Taassufki, hozirgacha jamoamizga “Bunyodkor”ni mag‘lub etish nasib qilgani yo‘q. Jamoamiz faqat 6 ta uchrashuvda durang natija qayd etgan. Qolgan 18 ta uchrashuvda “Bunyodkor” jamoasining qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 8/47 “Bunyodkor” foydasiga.

“Andijon” klubi oxirgi bor 2020 yilgi mavsumda “Bunyodkor” bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan.

Mazkur o‘yinning boshlanish vaqti 17:00 ga belgilangan.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 17:17, 15.03.2023.
O'qildi: 1737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик