Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

U-20 Osiyo kubogi. Iroq penaltilar seriyasida Yaponiyani yengib, finalga chiqdi

U-20 Osiyo kubogi. Iroq penaltilar seriyasida Yaponiyani yengib, finalga chiqdi

Baho:
+ | -

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi yarim finalida Iroq va Yaponiya terma jamoalari 15 mart, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Ali Jasim iroqliklarni oldinga olib chiqdi. Bunga yaponiyaliklar 82-daqiqada Takatora Einaganing goli bilan javob qaytardi.

Asosiy vaqtning qolgan daqiqalarida hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. 103-daqiqada Muhammad Jamil Iroqning ikkinchi golini urdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Yaponiya yana bir bor muvozanatni tikladi: Naoki Kumata boshi bilan darvozani ishg‘ol qilgan holda, musobaqadagi beshinchi golini urdi.

Qo‘shimcha bo‘limda ham g‘olib nomi aniqlanmadi va jamoalari penaltilar seriyasida ishtirok etdi. Unda omad iroqliklarga kulib boqdi — 5:3.

U-20 Osiyo kubogi, yarim final
15 mart, chorshanba
Iroq U-20 —Yaponiya U-20 2:2
Penaltilar seriyasi — 5:3
Gollar: 1:0 – 12 Jasim, 1:1 – 82 Einaga, 2:1 – 103 Jamil, 2:2 – 118 Kumata.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:06, 15.03.2023.
O'qildi: 4115 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик