Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Ravshan Xaydarov: "Bosimga dosh berishni alohida o‘rganmaymiz. U tajriba bilan keladi" — ikkinchi yarim finaldan keyin tomonlar murabbiylari nimalar dedi?

Ravshan Xaydarov: "Bosimga dosh berishni alohida o‘rganmaymiz. U tajriba bilan keladi" — ikkinchi yarim finaldan keyin tomonlar murabbiylari nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Bugun yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi yarim finali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Janubiy Koreya termalari to‘qnash keldi. Bahs taqdiri yana penaltilar seriyasida mezbon jamoa foydasiga hal bo‘lgandi. O‘yindan keyin har ikki jamoa ustozlari matbuot anjumanida o‘yin borasida fikrlar bildirib o‘tdi.

Dastlab Koreya Respublikasi yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Kim Yong Jun umumiy fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin haqida nima deya olasiz?

"Avvalo, raqibni irodali g‘alabasi bilan muborakbod etaman. Bugun O‘zbekiston kuchliroq harakat qildi. Biz ham iloji boricha bor kuchimiz bilan o‘ynadik. Ammo omad biz tomonda emasdi.
Biz o‘tgan o‘yindagi kabi almashtirishlarni amalga oshirdik. Bugun futbolchilarimizda charchoq alomatlari sezildi. O‘ylaymanki, har qanday vaziyatda futbolchilarim hurmatga loyiq. Chunki ular maydonga borini tashlab ketishdi".

Bugun penaltilar seriyasida futbolchilaringizga nima bo‘ldi, ularning ruhiy holati yaxshi emasmidi?

"Turnir yoshlarniki va bu tabiiy. Ya’ni bunday yoshda xatolar ko‘p bo‘lishi tabiiy. Boshqa hech qanday izoh yo‘q".


"Bugun jamoangiz yutishi kerak deb o‘ylaysizmi?"

"Hamma o‘yinlarni yutishga harakat qilamiz. Bugun ham bor kuchimiz bilan harakat qildik. Ammo g‘alaba raqib tomonda bo‘ldi".

Bugun jamoangizning qanday yaxshi taraflarni ko‘rdingizgiz? O‘zbeksitondagi sharoitlar haqida nima deya olasiz?

"Biz O‘zbeksitonda yaxshi kutib olindik. Mehmonxonalar va sharoitlar yaxshi edi. Stadionlarning holati ham yomon emas. Biroq, mashg‘ulotlar maydoni haqida bunday deya olmayman. Shunga qaramay, xalqingizning mehmondo‘stligini bizga ma’qul keldi".

Turnir haqida fikrlaringiz?

"Bunday turnirlar, aslida, faqatgina o‘sishga yordam beradi. Uchrashuvlar davomida shuni guvoh bo‘ldikki, futbolchilar katta tajriba va mahoratga ega bo‘lishdi. Jahon chempionatiga chiqqan jamoalar o‘z kuchini namoyish eta olishdi deb o‘ylayman. Biz ham bu qatorda borligimizdan baxtliman. Men to‘g‘ri yo‘ldamiz deb hisoblayman".


Anjumanning ikkinchi qismifa O‘zbekiston yoshlar termasi bosh murabbiyi Ravshan Xaydarov ishtirok etdi. U shunday deydi:

"Avvalo, muxlislar, o‘yinchilar va xalqimizni final bilan tabriklayman. Bugun ikki teng kuchli jamoalar tezkor va shiddatli o‘yin ko‘rsatishdi. Qattiq harakat qilishimizga qaramay, o‘yin penaltilargacha bordi va bunda darvozabonimiz katta mahorat ko‘rsatdi. G‘alaba bizga nasib qilgani adolatliroq bo‘ldi. Yigitlar o‘ziga ishonch bilan harakat qilib, kerakli natija qayd eta olishdi".

Zaxira o‘yinchilarning almashishi o‘zini qanchalik oqladi?

"Ha, futbolchilar o‘yin ritmga kirish borasida ozgina qiynaldi. Ammo ular o‘ziga darrov kela oldi. Har bir futbolchi maqsad bilan tushirilgan edi va ular bildirilgan ishonchni oqladi".

Jarohat olgan futbolchilarni finalda yana maydonga tashlaysizmi?

"Menimcha, katta muammolar mavjud emas. Avvalo, futbolchilar ahvolini bilib olishimiz, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim. Agar muammo bo‘lmasa, ulardan maksimal foydalanamiz".

Foydalanilmagan vaziyatlar bugun ko‘p edi. Bunga sabab nima?

"Afsuski, zo‘r vaziyatlar qo‘ldan chiqmoqda. Bu muammo, biz uchun. Menimcha, futbolchilarga sovuqqonlik va tajriba yetishmay qolmoqda. Bu borada hali ko‘p ishlashimiz kerak".

Yosh futbolchilarga muxlislar bosimiga turib berish borasida nimalarni uqtirasiz?

"Ha, bu narsa istalgan futbolchi ruhiyatiga bosim yuklaydi. Bilasizmi, biz bu borada alohida nimadir qilmaymiz. Hammasi tajriba bilan keladi. Yosh futbolchilarga chet davlatlar, xususan, Urugvaydagi bahslar bizga nafaqat raqib muxlislariga, balki o‘z muxlislarimizning bosimiga ham chidashni o‘rgatdi. Ekstra-taymlarda, futbolchilar jismonan toliqdi. Ammo muxlislar hissiyotlari bizga g‘alabaga ishonch va quvvat baxsh etdi. Ya’ni, biz bunday muhitdan bosim emas, kuch olishni o‘rganganmiz".

Futbolchilar bugungi o‘yinda katta kuch yo‘qotib qo‘ymadimi, bu narsa finalga qanchalik ta’sir o‘tkazadi?

"Bizda hammasi joyida. Hatto, kiyinish xonasida bayramni to‘xtatib, tiklanish holatiga o‘tdik. O‘ylaymanki, biz bu turnirdagi hech qaysi jamoadan jismonan kuchsiz emasmiz. Ruhiy tomonlama ham. Finalda eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olamiz deb o‘ylayman".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:40, 15.03.2023.
O'qildi: 6466 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.