Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

YECHL. Chorak final qur’asi haqida batafsil ma’lumot

YECHL. Chorak final qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi o‘yinlariga yakuniga yetib, chorak finalga chiqqan barcha jamoalari nomi aniq bo‘ldi. Endi navbat chorak final, yarim final va final uchun qur’a tashlash marosimiga.

Qachon va qayerda?
Qur’a tashlash marosimi 17 mart, juma kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da UYEFA qarorgohi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Marosim "Sport" telekanali orqali jonli translyasiya qilinadi.

Ishtirokchi-jamoalar
YECHLning chorak finaliga quyidagi 8 jamoa chiqdi:

"Bavariya" (Germaniya)
"Benfika" (Portugaliya)
"Inter" (Italiya)
"Manchester Siti" (Angliya)
"Milan" (Italiya)
"Napoli" (Italiya)
"Real" (Ispaniya)
"Chelsi" (Angliya)

Qur’a mexanizmi
Qur’a "ko‘r-ko‘rona" tarzda o‘tkaziladi. Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Hech qanday cheklovlar yo‘q. Bir mamlakat vakillari hamda bir guruhda ishtirok etgan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishlari mumkin. Qur’ada birinchi tortilgan jamoa ikkinchi klub bilan to‘qnash keladi; uchinchi jamoa to‘rtinchi jamoa bilan va hokazo. Qur’ada birinchi tortilgan klub chorak finalning dastlabki o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazadi.

Yarim final qur’asi
Musobaqaning yarim finaliga qur’a tashlash marosimi ham shu kunning o‘zida o‘tkaziladi. Finalda esa nominal mezbonni aniqlash uchun qur’a tashlanadi.

Mehmondagi gol qoidasi
Yevrokuboklarda mehmondagi gol qoidasi mavsum-2021/22dan boshlab bekor qilingan. Agar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob teng bo‘lsa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi. Unda ham g‘olib aniqlanmasa, penaltilar tepiladi.

Taqvim
Chorak final o‘yinlari 11-12 aprel hamda 18-19 aprel kunlari o‘tkaziladi. Yarim final esa 9-10 may va 16-17 may sanalariga belgilangan. Final 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:49, 16.03.2023.
O'qildi: 10988 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.