Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Enso, Reshford, Garnacho - APLda transfer narxi ko‘tarligan futbolchilar bilan tanishamiz

Enso, Reshford, Garnacho - APLda transfer narxi ko‘tarligan futbolchilar bilan tanishamiz

Baho:
+ | -

Transfermarkt internet portali Angliya Premyer-ligasida harakat qilayotgan futbolchilar orasida transfer narxi oshgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi. Keling, shu futbolchilar bilan tanishib chiqamiz.

5) Martin Edegor — 20 million yevroga narxi oshgan.

"Arsenal"ning joriy yilgi muvaffaqiyatlarida norvegiyalik futbolchining o‘rni albatta yuqori. U APLda hozirgacha 26 ta o‘yinda 10 ta gol urib, 7 ta assistni amalga oshirgan. Transfermarkt sayti hodimlari 24 yoshli futbolchining qiymatini 20 million yevroga oshirishga qaror qilishgan. Hozirda Edegor 80 million yevro turadi.

4) Mixailo Mudrik - 20 million yevroga narxi oshgan.

"Chelsi"ning qishdagi qimmatbaho xaridlaridan biri bu ukrainalik Mixailo Mudrik bo‘ladi. 22 yoshli qanot vingerning transferi uchun "aristokratlar" "Shaxtyor" hisob raqamiga 70 million yevro o‘tkazib berishdi. Ammo hozircha Mudrikning "Chelsi"da omadi kelmayapti. U hozirgacha APLning 6 ta o‘yinida 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali Mudrikning haqiqiy bahosini birdaniga 20 million yevroga oshirib, 40 dan 60 million yevroga ko‘tardi.

3) Alexandro Garnacho - 20 million yevroga narxi oshgan.

"Manchester Yunayted"ning bu mavsumdagi haqiqiy kashfiyotiga aylangan argentinalik futbolchi bu galgi Transfermarkt'ning narxlar yangilanishida ancha katta katta o‘sishga erishdi. U dekabr oyida 5 million yevroga baholanayotgan edi, ammo martda uning narxi birdaniga 20 million yevroga oshib, 25 millionni ko‘rsatmoqda.

2) Markus Reshford - 25 million yevroga narxi oshgan.

"MYU"ning yana bir futbolchisi bu ro‘yxatga kiritildi. Bu - Markus Reshford. JCH-2022'dan so‘ng o‘zining superformasini tiklab olgan Reshford ketma-ket o‘yinlarda raqiblar darvozasiga to‘p kiritdi va bu orqali transfer summasini 25 million yevroga oshirib oldi. Hozirda Resh 80 millionga baholanmoqda.

1) Enso Fernandes - 30 million yevroga narxi oshgan

Argentina terma jamoasi safida Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida super o‘yinlar ko‘rsatgan Ensoni "Chelsi" qishdayoq xarid qilishga ahd qildi va "Benfika" hisob raqamiga naqd 121 million yevroni o‘tkazib berdi. Bu transfer orqali APLning eng qimmat futbolchisiga aylangan Ensoning asl qiymati dekabr oyida 55 millionni tashkil qilar edi, hozir bu summa 30 millionga oshib, 85 millionni ko‘rsatib turibdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:58, 16.03.2023.
O'qildi: 2444 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.