Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Maksim Shaskix: «Muxlislar o‘yin va g‘alabadan qoniqishdi deb o‘ylayman»

Maksim Shaskix: «Muxlislar o‘yin va g‘alabadan qoniqishdi deb o‘ylayman»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi "Navbahor"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barcha kutganidek haqiqiy derbi bo‘ldi. O‘zining hissiyotlari, gollari bilan. Ilk navbatda biz muxlislar uchun o‘ynaymiz. O‘ylaymanki, ular bizdan rozi bo‘lishdi.

Uch markaziy himoyachi taktikasini "Navbahor"ning kuchliligi uchun tanlamadim. Keyingi o‘yin umuman boshqa taktika va sxema ostida kechishi mumkin. Barchasi futbolchilarning kuchli va zaif jihatlariga, umumiy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir uchrashuv uchun strategiya tuzamiz. Kim bilan o‘ynashimizning farqi yo‘q, raqibni to‘liq o‘rganib chiqamiz. Barchasini o‘rganib chiqqan holda raqibga nima taklif qilishimizni va raqiblarning kuchli jihatlarini kuchsizlantirishni reja qilamiz.

O‘ylashimcha, bugun har jihatdan muxlislar yutdi. Ularga yoqadigan o‘yin bo‘ldi. O‘yinda ko‘plab vaziyatlar yaratib, zarbalar berib yakunda mag‘lub bo‘lish ham mumkin. Ammo, asosiysi tablo va navbatdagi uch ochko.

Futbolchilar milliy terma jamoalar yig‘iniga jo‘nab ketishadi. Ular sog‘ va jarohatlarsiz qaytishlariga umid qilamiz.

Sardor Rashidovning zaxiradan maydonga tushirilishi uning jismoniy holati bilan bog‘liq. U yig‘inlarni kechroq boshladi. Terma jamoa yig‘inlaridan boshqa Rashidov bo‘lib qaytishiga umid qilaman.

Mening gaplarimni hurmat qilishingizdan xursandman. Men o‘zim uchun haqman. Hakamlarga baho qo‘ymagan bo‘lardim. Hammaning o‘z vijdoni bor. Barchasini hakamlar qo‘mitasiga qoldiramiz. Ular ushbu o‘yinni tomosha qilishadi. To‘g‘risini aytaman, takroriy lavhalarni ko‘rdim. Menimcha, birinchi penalti yo‘q edi. Ikkinchi penaltida esa jarima maydonchasi ichida futbolchilar ko‘p edi. Nimanidir aniqlash qiyin bo‘ldi. Barchasini qo‘mitaga qoldiramiz", — dedi Shaskix.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 08:00, 18.03.2023.
O'qildi: 2162 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик