Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ro‘ziqul Berdiyev: «Natija uchun o‘ynashga intildik va og‘ir bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Natija uchun o‘ynashga intildik va og‘ir bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik»

Baho:
+ | -

Superliga 3-turidan o‘rin olgan «Buxoro» – «Nasaf» (0:1) o‘yinidan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun sifatli futbol ko‘rish uchun barchasi mavjud edi, maydon ham, qulay ob-havo ham. Ko‘p vaziyat yaratmadik, gol kiritib, himoyani mustahkam ushlab turdik. Natija uchun o‘ynashga intildik va og‘ir bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Biz 4 ta rasmiy uchrashuvdan maydonga tushdik, ammo hujumchilarimiz hanuz gol kiritganicha yo‘q. Bu esa meni xavotirga solmoqda. Futbolni 11 kishi o‘ynaydi, standart vaziyatlarda himoyachilar vaziyatlarni golga aylantirishlari kerak bo‘ladi. Yuqoridagi kamchilikni ular orqali yopishga harakat qilyapmiz.

Jamoamizda u qadar katta o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. Tarkibni saqlab qolishga imkon qadar harakat qildik. Ularni endi yosh deb bo‘lmaydi. Bir necha yillardan buyon to‘p tepib kelishmoqda va tajribalari ham ortgan. 22 yoshli futbolchini yosh desak, bu xato bo‘ladi. Xorijda 17-18 yoshli futbolchi ham yaxshi o‘ynayotganini guvohi bo‘lyapmiz.

«Buxoro» tarkibida Iminovning harakatlari boshqalardan ajralib turibdi. Umuman olganda, jamoa sifatida «Buxoro» yaxshi shakllanibdi”, – dedi Berdiyev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 08:03, 18.03.2023.
O'qildi: 1555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик