Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

YECHL bosh sovrini uchun kimlar favorit?

YECHL bosh sovrini uchun kimlar favorit?

Baho:
+1 | -

1. "Manchester Siti"

Balki, Gvardiola va uning jamoasi uchun eng katta sovrinni yutish vaqti kelgandir? "Shaharliklar" kubok bahslaridan birini tark etgan. Agarda APLda ham omad kulib boqmasa, u holda YECHL "Manchester Siti" uchun yagona najot bo‘ladi. Ilk YECHL tituli Gvardiola uchun uning Angliyadagi ishini butunlay boshqa darajaga olib chiqadi. 7-0 hisobida "Leypsig" ustidan g‘alaba, amaldagi Angliya chempionlarini "Bavariya"ga ro‘baro qildi. Agarda bu to‘siq yengib o‘tilsa, yarim finalda ularni "Real" yoki "Chelsi" juftligidan biri kutib turadi. Ammo shunday murakkab yo‘lga ega bo‘lsa ham, "Manchester Siti" bu mavsumdagi eng favorit jamoa sifatida qayd etilmoqda.

2. "Bavariya"

Odatda Bundesligada yaqqol favorit sifatida qayd etiladigan jamoa, bu mavsumda, ichki chempionatda unchalik ham yaqqon peshqadam emas. Balki, bu YECHLga bo‘lgan katta e’tibor oqibatidir. Harxolda, shunday o‘ylashga haqqimiz bor. Negaki, myunxenliklar "PSJ"ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 3-0 hisobida dog‘da qoldirgan edi. "Bavariya"ning yarim finalga chiqishi uchun Pep Gvardiola sinovi kutmoqda.

3. "Napoli"

Guruh bahslarida "Liverpul"dek raqibdan o‘zib ketib, g‘olib holda keyinga bosqichga chiqqan jamoa "Napoli" bo‘ldi. Nimchorak final bahsida turnirni yutish uchun 6 da’vogar sifatida ko‘rilgan Spaletti shogirdlari, hozir 3 o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Napoli" A seriyada ham katta farq bilan peshqadamlikka ega. Bu jamoa YECHLning chorak final bosqichida ilk bor qatnashmoqda. Endilikda, bu bosqich "Milan"ga qarshi kechadi. Agar bu to‘siq yengib o‘tilsa, "Inter" va "Benfika" juftligi g‘olibi bilan kuch sinashiladi.

4. "Real"

Nimchorakning ilk o‘yini "Real"ga ancha qiyin boshlanadi. Raqib "Liverpul" edi va bu jamoa 2 ta gol farqi bilan "Real"dan oldinga chiqib oladi. Ammo bahsning oxiriga qadar, ispanlar 3 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonadi. Javob bahsida Anchelotti Kloppga masterklass namoyish etib, 1-0 hisobida taslim etgandi. "Qirollik klubi" uchun keyingi raqib "Chelsi" bo‘ladi.

5. "Inter"

"Portu" mag‘lub etilgani rost. Ammo ikki bahsda g‘alaba o‘ta g‘alati usulda qo‘lga kiritildi. Aslini olganda, "ajdaholar" nimchorak bosqichida turnirni yutish uchun 7 o‘rinda qayd etilgandi. Endi esa bu ehtimol ancha oshib, "Inter"ga beshinchi nomzod nomi nasib etmoqda.

6. "Benfika"

Bu jamoaning qayerdadir qoqilishini kutishga sabablar bor. Ammo nimchorak finalda "Bryugge" darvozasiga 7 ta gol urgan jamoaning ham, past bo‘lsada, imkoniyatlari bo‘ladi. "Inter" "Benfika" uchun keyingi raqib. Bu portugaliyaliklar uchun o‘ta murakkab o‘yin bo‘lishi aniq.

7. "Chelsi"

Baribir Grem Potter Tomas Tuxel kabi bo‘la olgani yo‘q. Ammo "Chelsi" bundan oldingi bosqichning birinchi davrasida 1 to‘p farqi bilan yutqazayotgandi. Hozir esa londonliklar chorak finalda turibdi. Bu jamoa uchun APLdagi kurash mantiqan yakunlangani sababli, "Chelsi" hamma e’tiborini YECHLga qaratadi. Raqib "Real" bo‘lgani uchun ham Potter jamoasining imkoniyatlari tushib ketdi.

8. "Milan"

"Milan" "Tottenxem"ni qiyinchiliksiz yengib, so‘nggi 11 yilda ilk marta chorak finalga yetib keldi. Jamoani chorak finalda "quturgan" "Napoli" kutib turibdi. Agarda yarim finalga chiqilsa, u holda "Benfika" yoki "Inter"dan biri "rossonerri"lar uchun raqib bo‘ladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:19, 18.03.2023.
O'qildi: 5514 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.