Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«Navbahor» matbuot xizmati «Paxtakor» matbuot xizmati ishiga e’tiroz bildirdi

«Navbahor» matbuot xizmati «Paxtakor» matbuot xizmati ishiga e’tiroz bildirdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 17 mart kuni Coca Cola Superligasining 3-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” bahsi bo‘lib o‘tdi.

"Ushbu o‘yinni bevosita stadionda tomosha qilgani Namangandan ham ko‘plab ishqibozlar Toshkentga tashrif buyurishdi hamda butun uchrashuv davomida jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi.

Bugun “Paxtakor” klubining rasmiy telegram kanalida “Navbahor” muxlislari o‘sha o‘yindan so‘ng, go‘yoki “Paxtakor” markaziy stadionidagi o‘rindiqlarning ayrimlariga nisbatan madaniyatsiz munosabatda bo‘lishganiga oid fotosuratlar hamda unga qo‘shimcha tarzda quyidagi kinoyali so‘zlar keltirilgan:  

Kechagi o‘yindan keyin mehmonlar tribunasi.

Stadionda nima ayb?

Penaltini biz tepmadik-ku!

“Navbahor” PFK mazkur keltirilgan postga nisbatan shuni ma’lum qiladiki, “Paxtakor” markaziy stadionidagi tomoshabinlar sektorlaridagi o‘rindiqlar “Paxtakor” – “Navbahor” o‘yinidan oldin ham qarovsiz, ayrimlari esa singan holda bo‘lgan, xuddi “Paxtakor” futbol klubi telegramidagi fotosuratlarda tasvirlangani kabi.

Yaxshiyamki, jamoamiz muxlislari mazkur holatni xuddi oldindan bilgandek, videotasvirga  olishgan ekan. Bundan tashqari, o‘sha videotasvirda xuddi atayin qilinganidek, jamoamiz ishqibozlari joylashgan sektorlarga tosh va beton bo‘laklari to‘plab qo‘yilgan.

Vaholanki, ushbu bahsdan oldin “Paxtakor” markaziy stadioni mutasaddilari o‘rindiqlarni ta’mirlab, tozalab, muxlislarga qulay sharoitlar yaratib berishlari, shuningdek, maydonga uloqtirilishi mumkin bo‘lgan predmetlardan tozalashlari kerak edi.

Biroq bu ishlar amalga oshirilmadi va bunga e’tibor ham qaratilmadi. Odatda tomoshabinlar uchun qulay sharoitlar yaratilmagan stadionlarda rasmiy o‘yinlar o‘tkazishga ham ruxsat berilmaydi, aslida.

“Navbahor” PFK “Paxtakor” klubi rasmiy telegramida e’lon qilingan  postga nisbatan shuni ma’lum qiladiki,  jamoamiz muxlislarini nafaqat yurtimiz, balki, MDH va Osiyo mamlakatlarida ham bilishadi hamda hurmat qilishadi.    

Ta’kidlash joizki, “Navbahor” klubi o‘z muxlislari bilan faxrlanadi, ularni qadrlaydi va boshqalarni ham ularni hurmat qilishga chaqiradi.

Yana shuni ham aytish lozimki, namanganlik futbol muxlislari futbolni teran tushunadigan, madaniyatli sanalishadi hamda “Paxtakor” futbol klubi rasmiy telegram kanali tomonidan bildirilgan fikrlarga zid o‘laroq, bunday madaniyatsizlikka hech qachon yo‘l qo‘yishmagan va qo‘yishmaydi ham.

Kezi kelganida aytish lozimki, ayrim muxlisi yo‘q, bo‘m-bo‘sh stadionlarda o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigon ba’zi futbol klublari vakillari muxlislar qandayligining farqiga ham borishmasa kerak.     

Umid qilamizki, “Paxtakor” klubi rasmiy telegram kanalidagi post   o‘yingohning ahvolini oldindan bilinmagan holda, inson omili sababli, qo‘yib yuborilgan.

Bundan so‘ng, tekshirilmagan shunday postlarni qo‘yishda barchadan ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘rab qolamiz", — deyiladi “Navbahor” PFK matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:20, 18.03.2023.
O'qildi: 3416 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.