Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

O‘zbekiston uch xil yosh toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan beshinchi mamlakatga aylandi

O‘zbekiston uch xil yosh toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan beshinchi mamlakatga aylandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo Kubogi—2023 g‘olibiga aylandi. O‘zbekistonlik yoshlar finalda Iroqni mag‘lub etdi (1:0).

O‘zbekiston uchta yosh toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan beshinchi mamlakatga aylandi. O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2012 yilda qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchi o‘rtasidagi g‘oliblik 2018 yili qayd etilgan.

Bunga qadar Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni va Iroq mazkur treblga erishgandi. Qayd etish kerak, O‘zbekistondan farqli o‘laroq yuqoridagi to‘rt mamlakat kattalar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida ham zafar quchgan.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ikkinchi marta Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Xitoyda o‘tgan U-23 Osiyo Kubogi—2018 da ham Haydarov qo‘l ostidagi jamoa chempion bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:29, 19.03.2023.
O'qildi: 5151 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.