Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“Liverpul”ning unutilgan yulduzlari

“Liverpul”ning unutilgan yulduzlari

Baho:
+ | -

“Liverpul” dunyodagi eng katta klublardan biri hisoblanadi. Uning tarkibida ko‘plab futbol yulduzlari harakat qilgan. Ammo shunday futbolchilar borki, ularni ushbu klubda o‘ynagani yodingizdan chiqqan bo‘lishi mumkin. Keling, ularga to‘xtalib o‘tamiz.

Kristian Benteke (Belgiya)

2015 yilda Bentekening 46,2 million yevro evaziga “Liverpul”ga o‘tishi uni o‘sha paytdagi dunyoning eng qimmat belgiyalik futbolchisiga aylantirgandi. Kristian mersisaydliklarga sovrinlar uchun kelgan va oxir-oqibat maydondagi ahmoqona xatolar va jarohatlar tufayli zaxira o‘rindig‘ida qolishga majbur bo‘ldi.

Mario Balotelli (Italiya)

2012 yilgi Yevropa vise-chempioni 2014 yilda “qizillar” safidan ketgan Luis Suares o‘rnini egalladi. Bu transfer muvaffaqiyatli bo‘lmadi: Premyer-ligadagi mavsum davomida Balotelli 28 uchrashuvda bor yo‘g‘i 4 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Uning maydon tashqarisida ham muammolari bor edi: klub muntazam ravishda futbolchini g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlari uchun jarimaga tortdi.

Viktor Mozes (Nigeriya)

Mozes 2013/2014 yilgi mavsumni "Liverpul"da "Chelsi"dan ijara asosida o‘tkazgan. Bu vaqt ichida Viktor 22 uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urgan.

Rahim Sterling (Angliya)

Raxim Sterling "Manchester Siti" futbolchisi sifatida faoliyatidagi asosiy g‘alabalarni qo‘lga kiritdi, biroq u o‘zining ulkan salohiyatini hatto "Liverpul"da ham ochib bera boshlagan edi. To‘rt mavsum davomida (2011 yildan 2015 yilgacha) futbolchi 129 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Xavyer Maskerano (Argentina)

Ikki karra Olimpiada chempioni mersisaydliklar safiga 2008 yilda kelib qo‘shilgandi. Kuboklar yo‘qligiga qaramay, Maskeranoni ayblashning iloji yo‘q: futbolchi jamoaning eng yaxshilaridan biri edi, besh mavsumda deyarli 140 ta o‘yin o‘tkazdi.

Robbi Kin (Irlandiya)

"Tottenxem" bilan uzoq davom etgan munozaralardan so‘ng Kinning "Liverpul"ga o‘tishi amalga oshdi, biroq Robbi klubda bor-yo‘g‘i bir mavsum (2008/2009) o‘tkazdi va shunga qaramay, Premyer-liga vise-chempioniga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Yevrokuboklarda ham futbolchi yomon emasdi: u Chempionlar ligasining yettita uchrashuvida ikkita gol urdi.

Milan Barosh (Chexiya)

Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, "qizillar" bilan birgalikda 2005 yilda Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan va bundan bir necha yil oldin Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritgan. Umuman olganda, uning ingliz klubidagi faoliyati muvaffaqiyatli o‘tdi.

Djibril Sisse (Fransiya)

Sisse "Liverpul"da bir necha mavsum o‘tkazgan (2004 yildan 2006 yilgacha). Jibril birinchi o‘yinlardanoq ajoyib harakat qildi, ammo dahshatli jarohat uning sport karerasini deyarli tugatdi. Ammo futbolchi ortga qaytdi va jamoaga 2005 yilda ikkita Angliya kubogi va UEFA Superkubogi finalida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.

Kiritildi: 18:31, 20.03.2023.
O'qildi: 3746 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.