Murabbiy Levini g‘azablantirdi
Oktyabr oyida Levi Konte bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgandi. Endi esa mart oyida Antonio undan qutulishdan xursand bo‘lsa ajab emas. Shartnoma muddatidan oldin ma’lum bir sabablarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda tovon puli to‘lanmaydi. Bitim iyun oyining oxirigacha tuzilgan, biroq uni bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. Ammo murabbiy jamoani tark etadi. Konte xalqaro tanaffus vaqtida ketishni xohladi, shuning uchun u «Sautgempton»ga qarshi durangdan keyin shov-shuvli intervyu berdi. Asosiy vaqt tugashiga 15 daqiqa qolganida «shporlar» 3:1 hisobida oldinda borayotgandi, biroq g‘alabani qo‘ldan boy berishdi.
Konte bundan unchalik g‘azablanmadi, chunki u Daniel Levi va uning jamoasiga rejalashtirilgan hujumni boshladi:
«Tottenxem» sovrinlar uchun o‘ynamaydi. Yigirma yil klubda bitta xo‘jayin, lekin hech qachon hech narsa yutmagan. Men faqat 11 nafar xudbin o‘yinchini ko‘rmoqdaman. Bu jamoa emas» – aynan ushbu gaplar matbuotni yondirdi.
Kontening emosionalligi ko‘pchilikni aldab qo‘yishi mumkin. O‘z kasbida muvaffaqiyatga erishgan har qanday ayyor italiyalik kabi Antonio ham bu imkoniyatni boy bermaydi. U gapirish uchun faqat bahona izladi xolos. Masalan, Konte boshchiligidagi «Chelsi» murabbiylar shtabi uchun 30 million funt sarflagan. Hozirda sodda murabbiylar davri ortda qolan. Mourinyo kabi agent murabbiylar bor. Yoki Benites kabi yuridik ma’lumotga ega ustasifaranglar. Konte kabi yiliga 15 million funt oladigan murabbiy bo‘lishni yoqtirmaysizmi? Biroq uning hozirgi ishida tovon puli to‘lanishi kerak. «Tottenxem»da zerikkan Mourinyo ikki yil avval aprelda, «Manchester Siti»ga qarshi Liga kubogi finalidan to‘rt kun oldin ketgandi. Portugaliyalik yutqazishni istamadi va xuddi Konte kabi futbolchilar bilan janjallashdi.
Joze Levining sovrin yutish imkoniyatini qidirmayotganini tushundi, bunda uning taqdiri Kontenikiga to‘g‘ri keldi. Mourinyo yoshlar jamoasi bilan ishlagan bechora Meysonga hamma narsani topshirib ketdi. Keyin Keyn o‘zi uchun qimmatbaho kubokni qo‘lga kirita olmadi. «Shporlar» kamdan-kam hollarda bu darajaga yetib borishsada, eng yaxshi holatda finalda mag‘lub bo‘ladigan jamoa bo‘lib qolaveradi.
Antonio o‘zini ayblardan tozaladi
Yomon rahbariyat va irodasi zaif hamda xudbin futbolchilar. Og‘ir kalendar yili. Noto‘g‘ri hakamlik. Raqiblar yaxshi holatda, ko‘proq pul sarflashadi. Konte o‘ziga ko‘p bahona topadi. Antonio bir vaqtlar qimmatbaho restoranda o‘tira olmaysiz degan iborani tashlab, «Yuventus»ni tark etgandi. Murabbiy bilan xayrlashgandan so‘ng, turinliklar ikki marta Chempionlar ligasi finalida o‘ynadi. «Tottenxem» sport direktorining nomi murabbiy uchun begona emas - Paratichi, ammo «byankoneri»ning sobiq xo‘jayini daraja borasida Beppe Marottaga teng kelmaydi. Konte esa barcha davrlarning eng buyuk italiyalik murabbiylariga tenglasha olmaydi.
U har doim «men»ini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Jamoa uning qo‘l ostida ba’zan taktik jihatdan g‘alaba qozonardi, lekin ular uchun strateg bo‘lish qiyin. 11 nafar egoist haqidagi hikoyalar bilan Konte, xuddi «Tottenxem»ning transfer budjetidan shikoyat qilgani kabi, o‘zini aybdorlikdan tozalaydi. Biroq aynan uning o‘zini oqlamagan tavsiyalari ham bor. Risharlison va Bissuma bilan katta pul evaziga shartnoma imzolagan aynan Konte edi. Yaxshi kelishuvlar bo‘ldi, lekin Karrager haq - Konte ketishni xohlaydi. Ammo murabbiy muammolarni sanab o‘tish uchun emas, balki ularni hal qilish uchun olinadi. Konte «shporlar» haqida emas, o‘zi haqida o‘yladi. Klub rahbariyati futbolni u qadar yaxshi tushunmaydi, lekin futbolda bunday xo‘jayinlar ko‘p. Yaxshi murabbiy birlashgan jamoani shakllantiradi. Konte bu vazifani bajara olmadi. Italiyalik murabbiy o‘zini ustun deb hisoblagani uchun Londonda yiliga 15 million funt sterlingga rozi bo‘lmadi.
Konte «Tottenxem»da deyarli bir yarim yildan beri ishladi. O‘tgan yozdan beri maydonda faqat egoistlar ko‘rindi, bunga munosabat bildirish kerak edi. Keynning sotilishi asosiy tarkibda uchta munosib o‘yinchi yo‘qligi uchun amalga oshmadi. Bu esa rahbariyatning aybi. Ammo murabbiy ishlar yaxshi ketayotgan paytda shartnomani uzaytirish haqida o‘ylardi va endi u to‘satdan ketishni xohladi, lekin tovon bilan bu amalga oshadi. Buning uchun ixtiyoriy ketish emas, ishdan bo‘shatilish kerak va shuning uchun Konte katta janjal chiqardi. Yaxshi reja.