Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Emiliano Martines o‘z kelajagi haqida gapirdi, unga top-klublar qiziqish bildirdmoqda

Emiliano Martines o‘z kelajagi haqida gapirdi, unga top-klublar qiziqish bildirdmoqda

Baho:
+ | -

Darvozabon Emiliano Martines yozda “Aston Villa”ni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Martines ushbu mavsum boshida Argentina terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan FIFA Jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan so‘ng, yozgi transfer oynasida Martines top-klublar nishoniga aylanishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Biroq, shanba kuni "Bornmut" ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, "Tottenxem", "Bavariya" va "Yuventus" klublaridan tushayotgan takliflarga qaramasdan, 30 yoshli darvozabon kelajagi "Aston Villa" bilan bog‘liqligini aniq aytdi.

"Bu ajoyib tuyg‘u. Agar biz 3:1 hisobida g‘alaba qozonganimizda, uyga ketgan bo‘lardim va soatlab uxlay olmasdim, chunki men hamisha o‘z darvozamdan gol o‘tkazib yubormaslikni o‘ylayman.

Men juda ambisiyaliman, yaxshiroq bo‘lishga intilaman. "Aston Villa"ga qo‘shilganimdan beri faoliyatim yuqoriga ko‘tarildi. Men har doim bu klubdan minnatdorman va bu yerda bo‘lishni yaxshi ko‘rishimni aytganman.

Mening oilam klubda baxtli, o‘g‘lim futbol o‘ynashga berilib ketadi va u akademiyaning U6 jamoasida o‘ynaydi. Biz bu yerda qolishimizdan zavqlanamiz va bu yerda yana ko‘p yillarni o‘tkazishga umid qilamiz", - dedi Martines Daily Mail bilan suhbatda.

Kiritildi: 11:54, 21.03.2023.
O'qildi: 1083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик