Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Barselona"ning Gavi borasidagi appelyasiyasi rad etildi

"Barselona"ning Gavi borasidagi appelyasiyasi rad etildi

Baho:
+ | -

Barselona xo‘jalik sudi "Barselona"ning Gavi yarim himoyachisining yangi shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish qarori ustidan bergan apellyasiyasini qanoatlantirmadi.

IU Sport xabariga ko‘ra, 21 mart kuni sud qarorni o‘z kuchida qoldirgan, unga ko‘ra Gavi "Barselona" yoshlar jamoasida futbolchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Apellyasiya rad etilishiga klub o‘zining dastlabki da’vosini belgilangan muddatdan keyin bergani sabab bo‘ldi – u 1 martgacha berilishi mumkin edi, “Barsa” esa buni ertasi kuni amalga oshirdi.

Endi Gavi yoshlar tarkibi o‘yinchisi sifatida o‘ynaydi, u yana o‘z raqamini 30-ga o‘zgartirishi kerak. "Barsa" bu qaror ustidan yuqori organga shikoyat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida "Barselona" 18 yoshli ispaniyalik bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirishini e’lon qilgan edi, yangi kelishuvga ko‘ra, uning maoshi oshirilishi kerak edi. Dekabr oyida kataloniyaliklar maoshi ko‘payib ketgani uchun Gavini asos sifatida e’lon qila olmagani ma’lum bo‘ldi.

Yanvar oyida La Liga "Barselona"ga futbolchining yangi shartnomasi iqtisodiy talablarga javob bermagani uchun uni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin emasligini aytgandi. Keyinroq sud "Barselona"ga Gavining yangi shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi va La Liga apellyasiya berdi. Mart oyida sud Gavi shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qildi.

Kiritildi: 18:44, 21.03.2023.
O'qildi: 2357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик