"PSJ" ushbu yozda "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenni sotib olmoqchi, u hozirda 21 gol bilan Italiya A Seriyasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Jurnalist Adriyen Grenyerning xabar berishicha, parijliklar klubi maslahatchisi Luish Kampush terma jamoadagi tanaffus vaqtida nigeriyalikning agentlari bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Hozircha transferdagi mushkul nuqta - Osimxenga so‘ralayotgan narx. "Napoli" o‘z hujumchisi uchun 150 million yevro talab qilmoqda, bu esa nigeriyalikni tarixdagi eng qimmat uchinchi futbolchiga aylantirishi mumkin.
Viktorning xizmatlariga Angliyaning ikki top-klubi “Chelsi” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.