Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze 2-2 Torino
29/12 19:00 Napoli 1-0 Venetsiya
29/12 19:30 Lester 0-2 Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem 2-2 Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas 2-1 Sautgempton
29/12 20:00 Everton 0-2 Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem 2-2 Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

Mirzohid G‘ofurov: «G‘alabalar tasodif emasligini isbotlamoqchimiz»

Mirzohid G‘ofurov: «G‘alabalar tasodif emasligini isbotlamoqchimiz»

Baho:
+ | -

Superliga 2-tur doirasidan o‘rin olgan «Neftchi» va «Paxtakor» o‘rtasidagi «O‘zbek klassikosi» kutilganidek qiziqarli tus oldi.

Birinchi turda safarda yirik hisobda g‘alabani tantana qilgan farg‘onaliklar o‘z madonlaridagi ochilish uchrashuvida ham mamlakatning amaldagi chempionlarini ham ayab o‘tirishmadi. Maydon egalarining o‘yindagi ustunligi hisobda ham aks etdi - 2:1. Biz mazkur uchrashuv yakulangach «Neftchi» jamoasini sardor sifatida maydonga olib tushgan Mirzohid G‘ofurov bilan suhbatlashdik.

- «Neftchi» azaliy va kuchli raqib ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga turnir jadvali peshqadamlaridan biri bo‘lib qoldi. O‘yin haqida qanday fikrdasiz?

- O‘yin kutilganidek qiziqarli va tomoshabop o‘tdi. Uchrashuv oldidan turli OAVlarida «Neftchi»ning dastlabki turdagi g‘alabasi tasodif yoki yo‘qligi «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda bilinadi, qabilida mulohaza yuritishganini o‘qidik. Biz mazkur o‘yin ahamiyati va darajasini his qilgan holda tayyorgarlik ko‘rdik va faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushdik. O‘yin katta temp ostida o‘tdi. Xudoga shukur, vaziyatlarimizdan foydalanish evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdik va muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

- O‘yin «O‘zbek klassikosi» nomi ostida o‘tdi. Ammo so‘nggi yillarda bunday ta’rif «Navbahor»-«Paxtakor» uchrashuvi uchun ham ishlatilayotgandi. Demak, poytaxtliklarni keyingi turda «Navbahor»ga qarshi yana bir «klassiko» kutib turibdi. 

- O‘ylashimcha, ketma-ket ikki marta mag‘lubiyatga uchraganidan keyin «Paxtakor» bu o‘yinga ko‘plab jihatlarni tahlil qilgan holda chiqadi. «Navbahor» esa har qanday raqibga qarshi g‘alabani ko‘zlagan holda maydonga tushadigan jamoaga aylandi. Bu o‘yinda ikki tomonga ham oson bo‘lmasligi aniq. Uchrashuv «klassiko» maqomi ostida o‘tishi uchun hamma narsa mos tushadi. Chunki, bu ikki raqib elitamizning muntazam ishtirokchilari sanalishadi. Demak bir-biri uchun azaliy raqiblar to‘qnashuvi bu e’tirofga munosib. Uchrashuvda esa ona shahrim jamoasi «Navbahor»­ning g‘alabasini taxmin qilaman.

- Superligani ajoyib start bilan boshlagan jamoangiz oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- Rahbariyat tomonidan har bir o‘yinda g‘alaba qozonish vazifasi qo‘yilgan. Murabbiylar va biz futbolchilarning maqsadimiz ham shunday. Qolaversa, muxlislar «Neft-chi»ning avvalgi mavqeiga qaytishini kutishmoqda. Demak, biz buning uchun ham harakat qilamiz. Mana omadimiz kelib mavsumni ketma-ket g‘alabalar bilan boshlab oldik, lekin chempionat hali uzoq davom etadi. Keling, hozircha ishimizni davom ettiraylik, shunisi ma’qul.

- «Paxtakor»ning bu qadar omadsiz start olishi tarixda kuzatilmagan ekan...

- Menimcha «Paxtakor»ga qisman omad yetishmayapti. Mavsum endigina boshlandi, shu bois hozirdan qandaydir xulosaga kelish erta, nazarimda. Dastlabki turlarda jamoalar qariyib bir xil saviyada to‘p surishadi.

- Jamoangiz mavsumni maksimal ochko jamg‘arish bilan davom ettirmoqda. Ke­yingi raqib o‘tgan yildan buyon o‘ziga kela olmayotgan «So‘g‘diyona»...

- Fikringizni tushundim. Futbolda eyforiyaga berilish uchrab turadi. Hozirgina ki­yinish xonasida bosh murabbiyimiz aynan shu xaqda gapirib, eyforiyaga berilmaslikni, «Paxtakor» bilan o‘yin tarixga aylangani, bu natijani unutib «So‘g‘diyona»ga qarshi munosib tayyorgarlik ko‘rish kerakligi, hali qilinadigan ishlar ko‘pligini ta’kidladi. Biz futbolchilar ham bir jamoa bo‘lib o‘yindan-o‘yinga kuchayib borish orqali, qayd etilayotgan natijalar tasodif emasligini isbotlamoqchimiz.

XURSHIDBEK suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:29, 21.03.2023.
O'qildi: 1510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.