"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Belgiya terma jamoasining yangi sardoriga aylandi. Bu haqda Belgiya qirollik futbol assosiasiyasi sayti xabar berdi.
De Bryuyne JCH-2022dan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Eden Azarning o‘rnini egalladi.
Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua va “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasi vise-sardori bo‘ladi.
31 yoshli de Bryuyne terma jamoa safida 97ta o‘yin o‘tkazib, 25ta gol urgan. Yarim himoyachining debyuti 2010 yilda bo‘lib o‘tgan.