Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi o‘zini ajoyib maslahatchi deb biladi – o‘tgan yili u Kilian Mbappega “PSJ”da qolishni maslahat bergandi, endi esa u klubga yangi murabbiy topishga harakat qilmoqda.
Le10Sport nashrining yozishicha, Sarkozi hozirda Zinedin Zidanga "PSJ"ni boshqarishga ta’sir o‘tkazmoqchi.
Zidanning bu borada qanday fikrda ekanligi ma’lum emas.