Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng Yevropaning kuchli jamoalari takibida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
Fransiya terma jamoasi
Mbappening terma jamoa sardori etib tayinlanishidan tashqari, Fransiya jamoasi 2023 yil boshidan buyon bir qancha muhim yangiliklarni keltirib chiqardi. Eng muhimi, bosh murabbiy Didye Desham 2023 yilning yanvarida shartnomasini 3 yilga uzaytirdi. Shuningdek, Noel Le Gre 11 yillik boshqaruvdan so‘ng Fransiya futbol federasiyasi prezidenti lavozimini tark etdi.
Niderlandiya va Irlandiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 saralashi uchun Desham bir nechta yangi nomlarni jamoaga chaqirdi: UYEsli Fofana (“Chelsi”), Kefren Tyuram (“Nissa”) va Jordan Veretu (“Marsel”). Qolgan futbolchilar esa Qatardagi turnirning kumush medali sovrindorlari, xalqaro faoliyatini yakunlagan Ugo Lyoris va Rafael Varan bundan mustasno.
Angliya terma jamoasi
Garet Sautgeyt jamoasi JCH-2022da munosib o‘yin ko‘rsatdi va faqatgina bo‘lajak finalchilar – Fransiyaga imkoniyatni boy berdi. Agar Xarri Keyn chorak final yakunida penaltini golga aylantirganida, Angliyaning turnirdagi taqdiri qanday kechishi noma’lum. Italiya va Ukraina bilan bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 saralash o‘yinlari uchun tarkib JCHga nisbatan katta o‘zgarishlarga uchramadi. Yagona muhim yo‘qotish – Markus Reshford: “Manchester Yunayted” hujumchisi Angliya kubogi chorak finalida “Fulxem”ga qarshi o‘yinda (3:1) jarohat oldi. U ajoyib formaga kirdi va Sautgeyt ikkita katta uchrashuv oldidan yaxshi hujumchini boy berdi.
Portugaliya terma jamoasi
JCH-2022dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Portugaliya termasini avval Belgiya bilan ishlagan Roberto Martines qabul qilib oldi. Asosiy intriga Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning termaga chaqirilishi yoki chaqirilmasligi bo‘ldi. Natijada 38 yoshli hujumchi terma jamoaning qaydnomasiga kiritildi. “Ronaldu juda qat’iyatli futbolchi. U tajriba olib kelishi mumkin va jamoa uchun muhim figura. Men yoshga qaramayman”, - dedi Martines.
Murabbiy tarkibni tubdan o‘zgartirmaslikka qaror qildi. Shunday qilib, 40 yoshli Pepe Lixtenshteyn va Lyuksemburg bilan o‘yinlar ro‘yxatiga kirdi. "Liverpul" hujumchisi Diogo Jota ham jarohati sabab Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatini o‘tkazib yuborgandi.
Belgiya terma jamoasi
Qatardagi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Roberto Martines jamoani tark etdi. Belgiya terma jamoasini “Spartak”ning sobiq ustozi Domeniko Tedesko qabul qilib oldi.
Shvesiya va Germaniya bilan bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 saralashida Tedesko 2022 yilgi Jahon chempionatidan yangi nomlar va futbolchilarni aralashtirishga chaqirdi. Belgiya Qatardagi turnirda eng keksa jamoalardan biri bo‘ldi. Jahon chempionatiga nisbatan yangi kelganlardan, masalan, “Blekbern” darvozaboni Tomas Kaminski, himoyachilar Sebastyan Bornau (“Volfsburg”) va Zeno Debast (“Anderlext”), shuningdek, yarim himoyachi Romeo Laviya (“Sautgempton”) yig‘inga chaqirilgan.
Ispaniya terma jamoasi
Ushbu tendensiyalardan so‘ng, Ispaniya ham JCH-2022 yakunida murabbiyini o‘zgartirdi. Marokash bilan 1/8 finaldagi fiaskodan so‘ng Luis Enrike jamoani tark etdi, uning o‘rnini sobiq yordamchi Luis de la Fuyente egalladi. 2023 yilgi terma jamoa uchun asosiy yangilik himoyachi Serxio Ramosning xalqaro faoliyatini yakunlashi bo‘ldi. 36 yoshli futbolchi 2022 yilgi jahon chempionatiga chaqirilmadi, bu esa futbolchini juda xafa qildi. Keyin Ramos de la Fuente bilan muloqot qildi va u kelajakda himoyachiga umid qilmasligini aytdi. “Terma jamoa bilan xayrlashish vaqti keldi. Hozirgi murabbiy menga qo‘ng‘iroq qilib, men qay darajada o‘ynay olsam ham, men bilan hisoblashmasligini aytdi. Afsuski, men uchun bu uzoqroq va ancha yaxshi yakunlanishiga umid qilgan sayohatimning oxiri bo‘ldi”, - dedi Ramosning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda. Alvaro Morata Ispaniya terma jamoasining yangi sardori etib tayinlandi.
De la Fuyente Norvegiya va Shotlandiya bilan Yevro-2024 saralash o‘yinlariga qiziqarli futbolchilarni chaqirdi. Masalan, “Chelsi” darvozaboni Kepa Arrizabalaga, himoyachilar Nacho Fernandes (“Real”), Inigo Martines (“Real Sosyedad”) va Pedro Porro (“Tottenxem”), yarim himoyachi Dani Sebalyos (“Real”), shuningdek, hujumchilar Iago Aspas (“Selta”), Jerar Moreno ("Vilyarreal"), Mikel Oyarzabal ("Real Sosyedad") va Brayan Gil ("Sevilya"), "Espanyol" hujumchisi Xoselu 32 yoshida terma jamoada debyut qilishi mumkin. Murabbiy ayni damda eng yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilarni chaqirishini aytib o‘tdi.