Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Xvichaning «Real»ga o‘tishi taxmin qilindi

Xvichaning «Real»ga o‘tishi taxmin qilindi

Baho:
+ | -

«Rubin»ning sobiq ustozi Eduardo Dokampo avval Qozon klubida to‘p tepgan «Napoli» hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mutaxassisning aytishicha, gruziyalik futbolchi Rossiyadagi o‘yinlari davomida faqat futbolga e’tibor qaratgan, bazada yashagan va qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazgan.

«Xvicha maxsus iqtidor sohibimi? Ha, bu darhol sezildi. O‘ylaymanki, u katta o‘yinchiga aylanib, Yevropaga ketadi», - deya Dokamponing so‘zlarini keltiradi Match TV.

Shuningdek, ispaniyalik murabbiy Kvarasxeliyaning rivojlanish darajasi kuchliligi va kelajakda u «Real Madrid»ga o‘tishi mumkinligini ta’kidladi.

22 yoshli futbolchi joriy mavsum «Napoli» safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Gruziya terma jamoasi futbolchisini 85 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:57, 22.03.2023.
O'qildi: 4574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик