Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

German Tkachenko: «Rossiyada o‘zbek futboli yaxshi imijga ega»

German Tkachenko: «Rossiyada o‘zbek futboli yaxshi imijga ega»

Baho:
+ | -

German Tkachenko - futbol bozori agentlarining ko‘p yillik yetakchilaridan biridir.

Uning rahbarligidagi ProSports Management kompaniyasi bizning futbolchilar manfaatlarini ham himoya qilib kelmoqda. Jumladan, bugungi kundagi eng nomdor legionerimiz Eldor Shomurodovning kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynayotganida mazkur kompaniyaning xizmati katta. Shu kunlarda esa kompaniya yana bir qator futbolchilarimizni Yevropa va Osiyo jamoalariga joylashtirish bilan shug‘ullanmoqda. Rossiyaning Sports.ru sayti German Tkachenkoning katta intervyusini e’lon qildi. Unda bizning futbolchilar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Biz ham ushbu intervyuning o‘zbek futboliga oid qismini e’tiboringizga havola etishga jazm etdik.

- «A» seriyada mijozlaringizdan Shomurodov o‘ynayapti. Nega u yozda - Dibala va Belotti kelgach «Roma»ni tark etmadi?

- Mourinyo qo‘yib yubormadi, chunki Eldor maydonga tushishga har doim tayyor, murabbiy ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajaradi, o‘yinga qo‘yilmagan paytda esa e’tiroz bildirmaydi. Shunday bo‘lsa-da, kuz o‘tishi bilan bir ovoz bilan ketishga qaror qildik. Va bu vaziyatda «A» seriyasida qolish juda muhim edi. Vaholanki «Lill», «Everton», «Valyadolid», «Bayer» kabi klublar Shomurodovga qiziqish bildirishdi, ammo Eldor uchun yana oldingidek o‘ynash juda muhim edi. Buni esa o‘ziga tanish mamlakatda, chempionatda qilish ancha oson.

- Siz Saudiya Arabistoniga borib keldingiz. Bu bozor yo‘nalishi o‘zgarayotganini bildiradimi?

- Bir tomondan shunday. Bu juda qiziqarli, ammo shu bilan birga ancha murakkab bozor. Hozir u yerda o‘z infratuzilmamizni yaratishga intilyapmiz. Oson bo‘lmasligi aniq, lekin kim bilan hamkorlik qilishni yaxshi bilamiz. Yevropaga kirolmas ekanmiz, demak Osiyo top-ligalariga intilishimiz kerak.

- Saudiyaliklar bilan nimalar haqida gaplashyapsiz?

- Kun tartibida Eldor Shomurodov masalasi borligi kundek ravshan. Rossiyalik futbolchilardan Bakayev Saudiya Arabistoni jamoasiga ko‘chib o‘tishga tayyor edi. Tibbiy ko‘rik vaqti ham belgilangandi. Lekin so‘nggi pallada uni ko‘chirishdi. Bunday holatlar ular uchun normal. Bir oy davomida aloqaga chiqmasdan, 20 daqiqada hamma narsani hal qilib yuborishadi.

- Nima uchun ProSports Management o‘zbek futboli bozorida shu qadar faol? Shomurodov mijozingiz, RPLda Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va Hojimat Erkinovlar o‘ynashyapti...

- 2010 yillarda Odil Ahmedov bilan shug‘ullangandik. Lekin bu bozorga to‘liq kirib borishimiz Shomurodovning muvaffaqiyatidan keyingina amalga oshdi. Nega uni kapitallashtirmaslik kerak? Kompaniya O‘zbekistonda katta obro‘ga ega bo‘ldi, biz bozorni tushuna boshladik - hamma narsa rivojlandi. Rossiyada Oston O‘runov va Jasur Jaloliddinov bilan bog‘liq holatlarga qaramay, o‘zbek futboli yaxshi imidjga ega.

- Jaloliddinov - afsona. Yuriy Belous talqinicha, u Joau Mariudan kuchliroq ekan...

- Jaloliddinov - istiqboli bor yigit. Lekin o‘shanda hamma ish noto‘g‘ri tashkil qilingan. U taqdim etilganidek, murabbiy bilan gaplashganda (Marko Nikolich uni xohlamagan). Odamlar o‘zbek futboli oldida qanday mas’uliyat borligini tushunishmadi.

- Bunisi mayli, lekin «Ural»ga Osin O‘runovni siz joylagansiz. Siz ham o‘zingiz aytgan mas’uliyatni his qilmadingizmi?

- O‘runov bizning mijoz emas. Men uning «Kral»ga o‘tishida hamkorlarimizning iltimosi bilan qatnashganman. Shartnomasini bekor qilish bilan ham men shug‘ullandim.

- Viktor Goncharenko o‘yin oldidan Oston O‘runov ki­yim almashtirish xonasida tarkibga kiritilmagani haqidagi suratni ko‘rib, to‘polon ko‘targanini aytib berdi. Lekin O‘runov zaxira tarkibiga kiritilgan ekan.

- Xo‘sh...

- Bu uning imidjiga ta’sir qilmaydimi?

- O‘runovda juda kuchli futbol sifatlari bor. Lekin uning iste’dodini o‘zi tutishidagi kamchiliklar cheklab qo‘ygan. Biz «Ural»ni kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi haqida ogohlantirgandik. Shu bois, shartnomaga uni bekor qilish imkoniyatini beradigan band kiritganmiz. Tabiiyki, ma’lum ma’noda mas’uliyatimiz ham bor. Biz Ostonga yordam berishni istagandik, uni devorga qapishtirib qo‘yishgandi. Afsuski, bu o‘xshamadi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 22.03.2023.
O'qildi: 2580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик