Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Mourinyo Messi bilan birlashadimi? "PSJ" Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun kutilmagan qadam tashlashga tayyor

Mourinyo Messi bilan birlashadimi? "PSJ" Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun kutilmagan qadam tashlashga tayyor

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo top-klubga qaytadimi? Portugaliyalik taniqli jurnalist Pedro Almeydaning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "Roma" ustozi yozda "PSJ"ni boshqarishi mumkin. Insayderning ta’kidlashicha, Joze fransuz klubining mavsum oralig‘idagi asosiy maqsadi hisoblanadi.

“PSJ” futbol maslahatchisi Luish Kampush Mourinyonini taklif qilishga qiziqmoqda. U aynan hamyurti "Park de Prens"ga Chempionlar ligasi kubogini olib kela olishiga ishonchi komil. Biroq “Roma” prezidenti Pyetro Berardi Mourinyo klubda qolishini ta’kidladi: “O‘ylaymanki, kelasi yili ham Mourinyo “Roma”ga murabbiy bo‘ladi. 2024 yilgacha shartnomamiz bor. U qat’iyatga to‘la, "Roma"ni o‘zini qo‘llab-quvvatlaydi va yaxshi natijaga erishadi". Biroq, Joze unchalik qat’iy emas.

“Hamma klub meni iyun oyida kutib olishini aytmoqda. Menimcha, juda kech. Men hech narsa kutmayman, “Roma” mendan nima kutishni biladi. Jamoa bazasida mendan ko‘ra ko‘proq hech kim ishlamaydi”, degan murabbiy.

Mourinoni “PSJ”ga taklif qilishning qanday afzalliklari bor?

Birinchidan, klubda obro‘si ko‘pchilik futbolchilarnikidan yuqori bo‘lgan g‘olib murabbiy bo‘ladi. Oxirgi marta xuddi shunday maqomdagi mutaxassis Parijda Karlo Anchelotti ishlagan. O‘shandan beri jamoani Loran Blan, Unai Emeri, Tomas Tuxel, Maurisio Pochettino, hozir esa Kristof Galtye boshqarib kelmoqda.

Hurmat bilan aytganda, ularning hech birini shaxsiyat ko‘lami bo‘yicha Mourino va Anchelotti bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Balki “PSJ”ning hozirgi tarkibi bilan italiyalik Parijga Chempionlar ligasi kubogini olib kelgan bo‘lardi.

Mourinyoning obro‘-e’tibori va tajribasi ba’zi o‘yinchilarga "nima yutding, sen kimsan" ruhida bahslashishga imkon bermaydi. Hozirgi tarkibda faqat Messi Jozedan ko‘ra ko‘proq yevrokuboklar yutgan.

Mourinyoni himoyada o‘yin yo‘lga qo‘ya oladigan eski uslubdagi murabbiy deyishadi. “PSJ” tarkibi, bir nechta ehtimoliy xaridlarni hisobga olgan holda, Joze uchun idealdir. Agar yozda jamoa Marko Verratti kabi yuqori saviyali markaziy himoyachi, ajoyib himoyachini topsa, Mourino himoyada o‘yin quradi, hujumda esa Messi va Mbappe foydalanishi mumkin. “PSJ” boshqa tarkibga ko‘nikishi shart emas. Uchta markaziy himoyachidan iborat tarkibdan Joze “Roma”da ham foydalanadi.

Mourinyo, uning davri ortda qolgani haqidagi fikrlarga qaramay, hali ham klublarning asosiy musobaqasida g‘alaba qozonishga qodirligini isbotlamoqchi. Joze anchadan beri top-klubda ishlash imkoniga ega bo‘lmadi. “Tottenxem” va “Roma”ni hali ham shunday tasniflash qiyin. “Manchester Yunayted”da esa Mourinyo Yevropa ligasida g‘alaba qozondi. G‘ayratli va g‘azablangan Mourinyo yana bir bor tarixga o‘z nomini yozi va "PSJ" bilan Chempionlar Ligasida birinchi bo‘lishni xohlaydi.

Buning ustiga, Joze o‘zining xarizmasi va olovli matbuot anjumanlari bilan klubga e’tiborni yana-da kuchaytiradi.

Kiritildi: 12:07, 23.03.2023.
O'qildi: 4940 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.