Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Messi faoliyatidagi 800-golini urdi! Lekin Ronaldu bilan poygada hali ham yeta olmagan rekordlar mavjud

Messi faoliyatidagi 800-golini urdi! Lekin Ronaldu bilan poygada hali ham yeta olmagan rekordlar mavjud

Baho:
+ | -

Lionel Messi Panamaga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan gol urdi. Bu gol uning faoliyatidagi 800-gol bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu 2021 yilning dekabrida bu nishonni zabt etgandi: o‘shanda “Arsenal” bilan o‘yinda u faoliyatidagi 800-golini kiritgan bo‘lsa, bir necha daqiqadan so‘ng penaltini aniq amalga oshirib, 801-golini ham urgan edi. Hozir portugaliyalikning hisobida 830 ta gol bor, ammo u futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarmi yoki bu unvon Pelega tegishlimi, hozircha aniq ma’lum emas. Rekord uchun gollarni hisoblash bilan bog‘liq barcha chalkashliklarni boshqa safarbatafsilroq ha olib qo‘yamiz.

Messi uchun yana nima muhim?

Klub miqyosida uning barcha musobaqalarda urgan gollari soni 701 ta (o‘rtoqlik o‘yinlari hisobga olinmaydi), Ronalduda hozirda 710 ta gol bor. Lekin buning uchun Messiga 844 ta, Krishga esa 959 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Messi 1/8 finalda urilgan gollar soni (29) va guruh bosqichida urilgan gollar soni (80) bo‘yicha Chempionlar ligasi rekordiga ega. Ronaldu pley-off (67), chorak final (25), yarim final (13) va final (4) uchun tegishli rekordlarga ega.

Messi Chempionlar ligasida uy uchrashuvlarida urilgan gollar soni bo‘yicha rekordchi - 78. Lekin Ronaldu mehmonda urilgan gollar soni bo‘yicha rekordchi - 63 ta.

Messi 2005 yildan 2006 yilgacha Chempionlar ligasida ketma-ket 18 ta gol urdi.
Uning klub darajasida 300 ta golli uzatmasi bor.

Messi qaysi marralarni hali zabt etmagan?

Klubgai faoliyatida 900 ta o‘yin o‘tkazish. Ushbu mavsumda “PSJ” taqvimida qolgan o‘yinlarning maksimal soni Messini joriy mavsum oxirigacha bu raqamni kesib o‘tishdan saqlaydi, ammo u buni 2023/2024 yilgi mavsum boshida amalga oshirishi mumkin.

Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari. Ronaldu hisobida 140 ta gol bor, shuning uchun u birinchi o‘rinda Messida esa 130ta. Argentinalik futbolchining keyingi mavsumda nafaqat yetib olishi, balki portugaliyalikni ortda qoldirishi ehtimoli yuqori.

Chempionlar ligasida assistentlik qiladi. Ronaldudan o‘zib ketish uchun Messi ikkita golli uzatma berishi kerak: hozir Krishda 41ta, Messida 40ta gol bor.

Terma jamoa uchun 100 ta gol. Messi Argentina terma jamoasi safida 99 golga ega. Ronalduda Portugaliya uchun 120 gol bor.

Chempionlar ligasida xet-triklar. Ularning soni Messi va Ronalduda teng – 8 tadan.

Top 5 ligadagi gollar. Messi top 5 liga chempionatlarida 493 ta gol urgan bo‘lsa, Ronalduda bu ko‘rsatkich 495 ga teng. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Leo yaqin orada portugaliyalikni ortda qoldirishi mumkin.

Kiritildi: 12:38, 24.03.2023.
O'qildi: 25161 marta.
Fikrlar: 49 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.