Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 PSJ 4-1 Lion
22/04 00:00 Real Madrid 3-2 Barselona
22/04 16:00 Yaponiya 1-1 Tojikiston
22/04 16:00 Janubiy Koreya 5-5 Qirg‘iziston
22/04 18:00 BAA 1-2 Xitoy
22/04 18:00 Yaponiya 0-1 Janubiy Koreya
22/04 19:00 Eron 4-0 Kuvayt
22/04 19:00 Bahrayn 2-3 Afg‘oniston
22/04 20:30 Saudiya Arabistoni 1-2 Iroq
22/04 20:30 Tailand 0-1 Tojikiston
22/04 21:30 Roma 1-3 Bolonya
22/04 23:45 Milan 1-2 Inter
23/04 00:00 Sevilya 2-1 Malyorka
23/04 20:30 O‘zbekiston 3-0 Vyetnam
23/04 20:30 Kuvayt 2-1 Malayziya
24/04 00:00 Arsenal - Chelsi
24/04 12:00 Tojikiston - Afg‘oniston
24/04 14:00 Eron - Qirg‘iziston
24/04 16:00 Tailand - Iroq
24/04 19:00 O‘zbekiston - Vyetnam
24/04 22:00 Loryan - PSJ
24/04 23:45 Vulverhempton - Bornmut
25/04 00:00 Kristal Pelas - Nyukasl
25/04 00:00 Man. Yunayted - Sheffild Yunayted
25/04 00:00 Everton - Liverpul
25/04 00:00 Monako - Lill
25/04 00:00 Marsel - Nissa

Madridning asosiy aktivlari

Madridning asosiy aktivlari

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bir necha million dollarlik transferlarni tejash uchun yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolab, kelajakka sarmoya kiritmoqda. Ixtisoslashgan portallarning baholariga ko‘ra, eng qimmatlilari aynan madridliklar ularni hali hech kim tanimagan paytda holda pul tikishgan futbolchilardir.

Keling, "Real Madrid"ning bugungi kundagi eng qimmat 9
o‘yinchisini ko‘rib chiqaylik!

Vinisius - 120 million yevro

Braziliyalik futbolchining “Real”dagi eng qimmat futbolchisi ekanligi endi hech kimni ajablantirmaydi. U ikki mavsumni jamoa yetakchisi sifatida o‘tkazdi va rivojlanishda davom etmoqda.

Federiko Valverde - 100 million yevro

Federiko - tezkor, kuchli, ko‘p qirrali va fidoyi futbolchi. Karlo Anchelotti boshchiligidagi o‘tgan va joriy mavsumda Fedening qiymati 100 million yevroga ko‘tarildi. U urugvaylik eng qimmat futbolchi ham hisoblanadi.

Aureliyen Tchuameni - 90 million yevro

Tchuameni o‘tgan yozda "Monako"dan Madridga kelib qo‘shilgan edi va u dastlab Kazemironing o‘rinbosariga o‘xshab ko‘rinsa-da, Aureliyen asosiy jamoa futbolchisiga aylandi. "Real" uni 80 million yevroga sotib oldi.

Rodrigo - 80 million yevro

Ro‘yxatdagi ikkinchi braziliyalik "Real Madrid" tomonidan hali voyaga yetmaganida olib kelingan. Uning muvaffaqiyatini inkor etib bo‘lmaydi va hali global superyulduz bo‘lmaganiga qaramay, Rodrigo ham klub, ham terma jamoa darajasida yulduz bo‘lish yo‘lida.

Eder Militao - 70 million yevro

Ayrimlar Militaoni dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachisi deb bilishadi. Tezligi, kuchi va aniq uzatmasi tufayli uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi, bu atigi to‘rt yil avval “Real Madrid” Portuga to‘laganidan 20 million yevroga ko‘p.

Tibo Kurtua - 60 million yevro

O‘tgan mavsumda Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyati Tiboni yoshi 30 dan oshganiga qaramay, ushbu reytingda oltinchi o‘ringa ko‘tardi. Ilgari “Atletiko” va “Chelsi”da o‘ynagan belgiyalik futbolchi faoliyati davomida hech qachon bunchalik yuqori bozor qiymatiga erishmagan.

Eduardo Kamavinga – 60 million yevro

2021 yil yozida 35 million yevro evaziga imzolangan Kamavinga “Real Madrid”ni potensial yulduzga ega barcha klublardan oldinga olib chiqqan yana bir harakat edi. Kamavinganing ko‘p qirraliligi, unga yarim himoyachi yoki hatto vinger sifatida o‘ynash imkonini beradi, kelajakda uning qiymatini yanada oshirishi mumkin.

Antonio Ryudiger – 40 million yevro

Nemis futbolchi o‘tgan yozda "Chelsi"dan "Real"ga tekinga kelgan va Premyer-liganing eng yaxshi markaziy himoyachisi edi. Rudi yangi klubiga moslashishda davom etmoqda, ular hali ham o‘zining eng yaxshi futbolini ko‘rsatishiga aminlar.

Karim Benzema - 30 million yevro

Ro‘yxatni “Oltin to‘p”ning amaldagi g‘olibi yakunlaydi. Uning futbol olamidagi keksaligi (35 yosh) fransuzga Madridning eng qimmat futbolchilaridan biri bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Kiritildi: 16:11, 24.03.2023.
O'qildi: 3854 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.