Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hakamlar qo‘mitasining qarori. Asimov 4 ta o‘yinga, Agishev 6 ta o‘yinga "ketdi"

Hakamlar qo‘mitasining qarori. Asimov 4 ta o‘yinga, Agishev 6 ta o‘yinga "ketdi"

Baho:
+ | -1

2023 yilning 23 mart kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi hakamlar harakatlari ko‘rib chiqildi.

"SURXON" – "ANDIJON" (Superliga 2-tur)

2023 yil 11 mart kuni O‘zbekiston Superligasi 2-tur doirasida “Surxon” – “Andijon” uchrashuvi birinchi yordamchi hakam Mahmud Turdiyev, VAR hakam Aziz Asimov va AVAR hakami Alisher Usmonov uchrashuv davomida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun nazoratchi tomonidan birinchi yordamchi hakam qoniqarli, VAR va AVAR hakamlari qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Mahmud Turdiyevga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 1-bandiga asosan ogohlantirish intizom chorasi qo‘llanilsin;

Aziz Asimovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 7-bandiga asosan Superligada bosh hakam sifatida 4 ta, VAR hakami sifatida 8 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin (uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatgani uchun);

Alisher Usmonovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 7-bandiga asosan Superligada yordamchi hakam sifatida 4 ta, AVAR hakami sifatida 8 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin (uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatgani uchun);

TURON – BUXORO (U-21, 1-tur)

2023 yil 6 mart kuni U-21 chempionati 1-tur doirasida “Turon” – “Buxoro” uchrashuvining bosh hakami Akmal Rahimov, ikkinchi yordamchi hakam Azizbek Isakov va zaxira hakami Shahboz Vahobjonov uchrashuv davomida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun nazoratchi tomonidan bosh hakam va ikkinchi yordamchi hakam qoniqarli, zaxira hakami esa qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rilgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Akmal Rahimovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 1-bandiga asosan ogohlantirish intizom chorasi qo‘llanilsin;

Azizbek Isakovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 1-bandiga asosan ogohlantirish intizom chorasi qo‘llanilsin;

Shahboz Vahobjonovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 3-bandiga asosan 3 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin;

PAXTAKOR – NAVBAHOR (Superliga 3-tur)

2023 yil 13 mart kuni O‘zbekiston Superligasi 3-tur doirasida “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi bosh hakami Vadim Agishev, VAR hakami Firdavs Norsafarov va AVAR hakami Baxtiyorxo‘ja Shavkatov uchrashuv davomida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun nazoratchi tomonidan bosh hakam, VAR va AVAR hakamlari qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rilishgan.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra:

Vadim Agishevga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 4-bandiga asosan Superligada 6 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin;

Firdavs Norsafarovga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 7-bandiga asosan Superligada VAR hakami sifatida 4 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin (uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatmagani uchun);

Baxtiyorxo‘ja Shavkatovga nisbatan nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo‘limi 7-bandiga asosan Superligada VAR hakami sifatida 4 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanilsin (uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatmagani uchun).

Kiritildi: 16:45, 24.03.2023.
O'qildi: 3509 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.