Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Dzyudo. Diyora Keldiyorova Tbilisi «katta dubulg‘a» turnirida g‘olib chiqdi

Dzyudo. Diyora Keldiyorova Tbilisi «katta dubulg‘a» turnirida g‘olib chiqdi

Baho:
+ | -

Dzyudo bo‘yicha Tbilisi «Katta dubulg‘a» turnirida birinchi kun bahslari yakuniga yetib bormoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

-52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchimiz yuqori reyting pog‘onasi sabab birinchi davradan erkin o‘tdi. Shundan so‘ng Keldiyorova saralashda Qozog‘iston, Polsha vakillarini, yarim finalda esa Xitoy terma jamoasi a’zosini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.

Hamyurtimiz oltin medal uchun Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni kosovolik Distriya Krasnichi bilan bellashdi va 40 soniyada 2 ta vazari bahosini qo‘lga kiritib, chempionga aylandi.

Shu tariqa, Keldiyorova Parij-2024 olimpiadasi uchun muhim ballga ega bo‘ldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:29, 24.03.2023.
O'qildi: 1732 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик