Fransiya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionatiga saralashning ilk o‘yinida o‘z maydonida Gollandiyani qabul qildi (0:4).
Fransiya bu o‘yinda hisobda juda tez oldinga chiqib oldi - o‘yinning 115-sekundiga kelib Antuan Grizmann birinchi golni urdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Fransiya 2006 yildan buyon bunchalik tez gol ura olmagan edi. O‘shanda — 2006 yil 11 oktyabrda Lui Saa Farer orollari darvozasiga 37-sekundda gol urdi va Fransiya yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozongandi.