Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 00:00 Real Sosyedad 2-2 Almeriya
15/04 18:00 Avstraliya 0-0 Iordaniya
15/04 20:30 Qatar 2-0 Indoneziya
15/04 21:30 Fiorentina - Jenoa
15/04 23:45 Atalanta - Verona
16/04 00:00 Chelsi 6-0 Everton
16/04 00:00 Osasuna 0-1 Valensiya
16/04 18:00 Yaponiya - Xitoy
16/04 20:30 Janubiy Koreya - BAA
16/04 20:30 Iroq - Tailand
16/04 23:00 Saudiya Arabistoni - Tojikiston
17/04 00:00 Borussiya D - Atletiko
17/04 00:00 Barselona - PSJ
17/04 18:00 O‘zbekiston - Malayziya
17/04 20:30 Vyetnam - Kuvayt
18/04 00:00 Bavariya - Arsenal
18/04 00:00 Manchester Siti - Real Madrid

Nagelsmanning iste’fosi rahbariyat uchun dolzarbmidi?

Nagelsmanning iste’fosi rahbariyat uchun dolzarbmidi?

Baho:
+ | -

Juma kuni «Bavariya» Yulian Nagelsmanni rasman iste’foga chiqardi.

Buning sodir bo‘lishi uchun nemis insayderlari keltirgan sabablari qiziqarli. Ayniqsa, yana bir yosh murabbiy Xaviga bog‘lab o‘rganilganda. Quyida ular haqida to‘xtalamiz.

1. Bundesligadagi pasayish

«Bavariya» turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallash uchun kurashayotgan bo‘lsa, Xavi Ispaniyada mustahkam peshqadamlik qilmoqda.

Hatto o‘tgan mavsumda ham Xavining vazifasi kataloniyaliklarni kuchli to‘rtlikka qaytarish edi - bu mavsumda esa «Barsa» allaqachon uzoq kutilgan oltin medal sari shoshilmoqda. Madrid klubi bilan oradagi farq 12 ochkoga yetgan.

2. O‘yinchilarnda rivojlanishining yo‘qligi (yosh iqtidor va top transferlar), buning Xaviga ta’siri yo‘q

Usmon Dembele La Liganing eng yaxshi assistenti va o‘tgan mavsumning eng yaxshi vingerlaridan biriga aylandi. Pedri, Gavi va Balde kabi yosh futbolchilar kamolga yetdi. Hatto Levandovski, Rafinya va Kunde qarshisida yangi kelganlar ham ko‘proq to‘laqonli o‘yinchilarga aylanishmoqda.

3. Nagelsmann ta’tilda edi, biroq uning jamoasi mashg‘ulot o‘tkazishi kerak

Ronald Kumanda ish vaqtini qisqartirishni tasavvur qilishimiz mumkin edi, lekin Xavi? Qiyin masala. U mashg‘ulot bazasiga ko‘pchilik o‘yinchilar dam olgan paytda ham keladi. U o‘zi o‘rgatganlar bilan doimo aloqada bo‘lishiga ishonch hosil qiladi. Biroq bu xislat Nagelsmanda yo‘q edi.

Nagelsmann iste’fosiga quyidagi sabablar ham ta’sir etdi 

4. Nagelsmann uzoq vaqtdan beri klub bilan (aniqrog‘i jamoa emas, klub bilan) ziddiyatga ega edi

Vaziyat Zyule mavzusi bilan bog‘liq. Nagelsmann uni asosiy himoyachi sifatida ko‘rdi va «Bavariya» shunchaki futbolchi bilan shartnomani uzaytirmadi. Salihamidjichga esa bu yoqmagan va Yulian taklif etgan yangi shartnoma o‘zini oqlamagan.

5. Nagelsmann juda yaxshi murabbiy edi, biroq...

Buni Chempionlar ligasi guruh bosqichi va «PSJ» bilan o‘yinlar ham tasdiqlaydi. Lekin u haqiqatan ham Bundesligada jilovni yo‘qota boshladi. Noyerning chang‘i sportiga ruxsatsiz ketishiga «Bavariya» rahbariyati toqat qilmadi.

Fikrimizcha, Tuxel tez orada o‘yinchilar bilan ziddiyatga tushadi. Katta ehtimol bilan - Myuller va Koman bilan albatta. Salihamidjich jiddiy tavakkal qilyapti. Agar chempionlik boy berilsa, u Yulian iste’fosi uchun katta javobgarlikka tortilishi mumkin. Endi «Bavariya» - «Borussiya» o‘yini Yevropaning markaziy o‘yiniga aylanadi. Bu hatto «el-klasiko»dan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Dortmund rahbariyati Tuxelni qanday kutib olishi qiziq. Nagelsmann esa uzoq vaqt ishsiz qolmaydi. «Real Madrid» yoki «Tottenxem» yosh murabbiyga o‘z takliflarini yuborishi mumkin.

Kiritildi: 10:59, 25.03.2023.
O'qildi: 1851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.