Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Fil Foden Yevro-2024 saralashining 2-turida Ukrainaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi, deb xabar beradi Mirror.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli yarim himoyachi appendisit bilan kasallangan. Tez orada u operasiya qilinadi.
Angliya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 26 mart kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.