Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Kristal Pelas 2-0 Nyukasl
25/04 00:00 Man. Yunayted 4-2 Sheffild Yunayted
25/04 00:00 Everton 2-0 Liverpul
25/04 00:00 Monako 1-0 Lill
25/04 00:00 Marsel 2-2 Nissa
25/04 19:00 Qatar 2-4 Yaponiya
25/04 22:30 Janubiy Koreya 2-2 Indoneziya
25/04 23:00 Udineze 1-2 Roma
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 0-1 Eron
26/04 22:30 Iroq - Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone - Salernitana
27/04 00:00 Monpelye - Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad - Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas - Jirona
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Anchelottining o‘rniga «Real» qaysi variantlarni ko‘rib chiqmoqda?

Anchelottining o‘rniga «Real» qaysi variantlarni ko‘rib chiqmoqda?

Baho:
+ | -

Karlo Anchelottining kelajagi shubha ostida. «Real Madrid» amalda mamlakat chempionligini o‘tkazib yubordi, kubokdagi birinchi «klasiko»da mag‘lub bo‘ldi va Chempionlar ligasida boshqa favoritlar bilan to‘ldirilgan bo‘limga kirdi: agar «Real Madrid» «Chelsi»ni yutsa, keyinroq dahshatli «Bavariya» yoki «Man Siti»ga to‘qnash keladi.

«Real Madrid»ning ishonchli insayderi Mario Kortegana Karlo bu mavsumda muhim sovrinni qo‘lga kiritmasa, jamoada qolmasligi haqida ishora berdi.

Anchelotti allaqachon Braziliya terma jamoasida kutishmoqda

Karloning Braziliya terma jamoasiga taklif qilingani haqidagi ilk mish-mishlar yanvar oyida paydo bo‘lgan edi: JCH-22 dan so‘ng Tite ishdan ketdi, shuning uchun mahalliy futbol federasiyasi variantlarni tanlashi kerak edi. Jamoa tajribali Joze Mourinyo va Karlo Anchelotti variantlarida to‘xtadi. ESPN bu borada darhol ma’lumot tarqatdi: shartnoma uch yilga imzolanadi va Militao, Vinisius va Rodrigo Anchelotti terma jamoani boshqarishini bilgan holda u bilan kiyim almashtirish xonasida tez-tez hazil qiladi.

«Marokashda bo‘lganimizda Karlo bilan Braziliya terma jamoasi murabbiyi lavozimi haqida hazillashgandik, - deya tan oldi Eder Militao. - Biz undan qaydnomaga kiritadigan futbolchilari ro‘yxatini tuzishni so‘ragan edik - lekin hozirda u klubimiz murabbiyi, naqadar g‘alati-a?! Biz uni hurmat qilamiz». «Biz ba’zida Anchelottiga uni Braziliya terma jamoasida kutayotganimizni aytamiz. Bularning barchasi hazil ohangida, lekin har bir hazilda qandaydir haqiqat bor», - dedi Rodrigo.

Karlo hamma narsani rad etdi: «Braziliya haqidagi mish-mishlar? Balki mavsum oxirida terma jamoaga o‘tish haqida o‘ylarman, lekin hozir men har kuni futbolchilar bilan ishlashdan zavqlanaman. Men Madridda imkon qadar uzoq vaqt qolishni istayman, shartnomam 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Agar klub meni haydamasa, men bu yerdan hech qayoqqa ketmayman», – dedi murabbiy.

Agar Eder va Rodrigo juda istehzoli gap aytgan bo‘lsa, «Man Siti» posboni Ederson ochiqchasiga shunday dedi: «Biz buni Kazemiro, Vinisius va Militao bilan muhokama qildik. Ular menga uning ajoyib inson ekanligi, uni hurmat qilishlari va u ham hammani hurmat qilishini aytishdi. Karloning kelish ehtimoli yuqori. Biz «Real»ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishga harakat qilamiz – keyin Anchelotti imkon qadar tezroq Braziliyaga kelib qo‘shiladi», – dedi posbon.

«Menimcha, Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarmoqchi», - deya qo‘shimcha qildi Vinisius.

Ramon Menezes hozirda vaqtinchalik Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda va yoshlar jamoasi bilan Amerika Kubogi U-20 turnirida g‘olib chiqdi. Braziliya Titedan keyin hech kimni doimiy lavozimga tayinlamagani ham yangi murabbiyga chorlovdan darak beradi.

«Real»da Anchelotti o‘rnini kim egallaydi? Pochettino va hatto Zidan variantlari ham bor

Madridliklar italiyalikning ehtimoliy iste’fosiga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ilgari Tomas Tuxel potensial variantlar orasida ajralib turardi - u hatto ispan tilini ham o‘rganishni boshladi, ammo tomonlar haqiqiy muzokaralarga erisha olishmadi. «Real Madrid» bosh murabbiyligiga da’vogarlar doimo ko‘p bo‘lgan. Bu yerda eng yaqin variant - Maurisio Pochettino. «Tottenxem» va «PSJ»ning sobiq ustozi tez-tez «Real»ga intilishini tan oladi va yozgacha kutishga tayyor: jurnalist Marko Konterioning yozishicha, argentinalik hattoki «Tottenxem» bilan muzokaralarni to‘xtatgan va Madriddan taklif kutmoqda.

•‎ «Real» Raulni ikkinchi jamoadan yuqoriga ko‘tarishga qarshi emas: ispan butun rahbariyatni hayratda qoldirdi, kattalar jamoasida paydo bo‘lgan Alvaro Rodriges aynan Raulning muvaffaqiyati deb hisoblanadi. Marca nashrining yozishicha, qishda Raul «Lids» taklifini rad etgan - u o‘zini katta jamoaga asosiy nomzod ekanligini his qilib turibdi.

•‎ Yana bir istiqbolli variant - Xabi Alonso. Madridliklar uni «Sosyedad»ning ikkinchi jamoasida ishlagan kunlaridan beri kuzatib kelmoqda va Xabini yaqin avlodning eng istiqbolli murabbiylaridan biri deb biladi. Alonso qo‘l ostida «Bayer»ning muvaffaqiyati uning yaqqol iste’dodini tasdiqlaydi.

•‎ So‘nggi nomzod - Yulian Nagelsmann. «Bavariya»dan ishdan bo‘shatilgan murabbiy uzoq vaqtdan beri e’tibor markazida edi, uni Anchelotti klubga kelishidan oldin ham kuzatib borishgan.

•‎ Zinedin Zidan qaytishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi. Fransiyalik murabbiy bu haqda 2022 yilning iyunida o‘ylagan, deya yozadi The Athletic, u Madridda qayta ishlashga qarshi emas. «Real Madrid» boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 22:03, 26.03.2023.
O'qildi: 3840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.