Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni avvalroq sardorlik bog‘ichi berilmagan hujumchi Antuan Grizmanning o‘yini haqida fikr bildirdi. Ayni damda fransuzlar sardori Kilian Mbappe hisoblanadi.
"Grismann jamoamizga ko‘p narsa beradi, u kiyinish xonasida yetakchilardan biri", - deya Tchuamenidan iqtibos keltiradi Atletico universe.
Bugun, 27 mart kuni Fransiya terma jamoasi Yevro-2024 saralashi doirasida Irlandiya bilan mehmonda maydonga tushadi.