Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Lionel Messi MLS‘ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor

Lionel Messi MLS‘ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor

Baho:
+ | -

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi faoliyatini MLS‘da davom ettirishi mumkin.

Avvalroq 35 yoshli argentinalikning MLS‘ga o‘tish ehtimoli 10—20 foizga baholangandi. Devid Bekhem va uning “Inter Mayami” jamoasi JCH—2022 dan buyon Leoning atrofidagilar bilan muloqotda bo‘lib turibdi. Shuningdek, “Inter” Messiga klubning 5 foiz aksiyasini ham va’da qilgan.

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, Mayami klubi argentinalikni taklif qila olmaydi. Chunki ligada maosh chegarasi yiliga 6 million yevroni tashkil etadi.

Biroq, Amerika ligasi Messini jamoaga taklif qilgan klubga yordam bermoqchi. Klub xo‘jayinlarining yig‘ilishida Leo uchun kurash muhokama qilingan.

Shunday formula o‘ylab topildi: MLS‘ning barcha klublari Messi maoshining bir qismini to‘lab beradi. Qaysi klubga o‘tishni esa 35 yoshli futbolchining o‘zi hal qiladi.

Argentinalik futbolchi MLS‘ga o‘tishi, liganing televizion huquqlari sotuvi oshishiga, shuningdek, JCH—2026 oldidan AQSH futbolining yanada mashhurlashishiga yordam beradi.

Futbolchining o‘zi faoliyatini Yevropada davom ettirishni xohlamoqda. “PSJ” unga yangi shartnoma taklif qilgan, undan tashqari “Barselona” ham Leoni ortga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:21, 27.03.2023.
O'qildi: 2810 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик