Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Qahramon Aslanov Roberto Badjo haqida yozdi

Qahramon Aslanov Roberto Badjo haqida yozdi

Baho:
+ | -

«Futbol plyus»da Roberto Badjo haqida gaplashishibdi. U haqida juda ko‘p aytilgan, yozilgan, yorqin o‘yinlari, urolmagan penaltilari-yu, Amerika gorkasiga o‘xshash faoliyatini unutish qiyin.

Ammo men boshqa narsani aytmoqchiman. Badjo deganda yana men 1998 yilgi YECHL guruh bosqichidagi «Inter» - «Real» o‘yinini alohida e’tirof etaman.

Bilasizmi, har xil futbolchilar bo‘ladi. Jamoaviy, o‘yin kartinasini yaratadigan, o‘zgartira oladigan. Unday futbolchilar zaxiradan maydonga tushganida, murabbiy o‘yin uslubini, rejasini o‘zgartirgan bo‘ladi.

Yana bir toifa bor, masalan, Chicharito. Uning maydonga tushishi jamoa uslubiga ta’sir o‘tkazmaydi, shunchaki, yetishmayotgan kemtik to‘ladi. Faolligi tufayli, futbolchi yetishmay qolayotgan nuqtalarda paydo bo‘lib, mana shu  individual fazilati yordamida natijaga ta’sir ko‘rsatadi.

Badjo ko‘proq birinchi toifa, bu shubhasiz. Ammo «Inter»ga o‘tgan paytda birinchi skripka emasdi, Ronaldo - Samarano juftligi yuzaga kelgan, Badjo bu tarkibda o‘zini topa olmagandi. 1:1 bo‘lib turgan o‘sha o‘yinda u Samarano o‘rniga o‘yin oxirlarida maydonga tushadi va individual gollar urib, hisobni 3:1 ga yetkazadi. Birinchi golini rikoshetlardan kelib qolgan to‘pni zarba berib, ikkinchisida yakkama-yakka chiqqan holda darvozabonni aldab o‘tib.

Ha, u har qanday rolni eplay olardi. Ham o‘yinda dispetcherlikni eplaydigan, ham ko‘p gol uradigan futbolchilar ko‘p emas. Messi bor to‘g‘ri, ammo uning bombardirligi ko‘proq driblinglarga tayangan. Badjo boshqacha, u o‘ta nozik didli «o‘nlik» bo‘lish bilan birga, futbolni shu qadar chuqur tushunardiki, kerak paytda kerakli nuqtalarda paydo bo‘lib, eng «kir», boshqacha aytganda, indzagicha gollarni ura olardi. Tushundingiz, deb o‘ylayman.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 23:50, 27.03.2023.
O'qildi: 2493 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик