"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Oldinroq 29 yoshli angliyalik futbolchi ushbu mavsum yakunida "Liverpul"ni erkin agent maqomida tark etishi ehtimoli yuqoriligi haqida xabar berilgandi. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, futbolchiga Angliyaning ikkita klubi va ikkita xorij klubi qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Oksleyd-CHemberlen mersisaydliklar safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Futbolchi 2017 yilning kuzidan beri "Liverpul"da o‘ynamoqda, avval u Londonning "Arsenal" va "Sautgempton" klublari sharafini himoya qilgan.