Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Erling Xoland: «Gol urganimda, deyarli o‘ylamayman»

Erling Xoland: «Gol urganimda, deyarli o‘ylamayman»

Baho:
+ | -

Kun, hafta va umuman, joriy mavsum superqahramoni. Albatta, gap Erling Xoland haqida ketmoqda.

«RB Leypsig» darvozasiga 5ta gol urgan norvegiyalik to‘purar o‘yindan so‘ng mutlaqo xotirjam holatda intervyu berib, o‘zini tutish masalasida ham chakki emasligini ko‘rsatdi: «CHLda o‘ynash imkoniga egaligimdan baxtiyorman. Ushbu turnir o‘yinida 5ta gol urish, yana muxlislarimiz ko‘z o‘ngida, qolaversa, 7:0 hisobi... To‘g‘risi, barchasini ifodalash uchun til ojiz».

- 5ta golingizdan qaysi birini alohida e’tirof etasiz?

- Ochig‘i, hozir boshimda qandaydir tuman bor va o‘yin lahzalarini aniq eslolmayman. Faqat zarbalar yo‘llashda hech narsani o‘ylamaganimni ayta olaman, xolos.

- Shubhasiz, birinchi goldan keyin darhol ikkinchisi urish juda yoqimli... 

- Oh, gollarni nishonlashdan qanchalik charchaganim o‘zimga ayon (kuladi). Umuman olganda, jamoa bilan pressing ustida ko‘p ishladik, hattoki, o‘yindan bir kun oldin ham. Raqibga pressing uyushtirish ayniqsa, o‘z maydonimizdagi o‘yinlarda muhim, lekin har qanday bahsda kuchli bosim o‘tkazish talab etiladi. Chunki to‘p bilangina xavflimiz: Kevin de Bryuyne nimadir o‘ylab topadi, men esa uning uzatmalariga tayyor turaman. O‘ylaymanki, qolgan o‘yinlarda ham pressingni yanada kuchaytirishimiz kerak.

- Superkuchingiz siri bormi?

- Superkuch? «Penta-trik»dan keyin aytmasam bo‘lmas - gol urish! Tan olaman, ko‘pincha gol urgach, ortiqcha o‘ylamayman, aniqrog‘i, deyarli o‘ylamayman. Shunchaki, keyingi vaziyatda to‘pni yana darvoza tomon yo‘llashga urinaman. O‘zi futbolda tezkor ravishda qaror chiqarish muhim. Hujumchi uchun esa tezkor qaror - bu to‘pni darvozabonga murakkab holatda yo‘llash. Albatta, mahorat ham muhim, lekin ko‘p narsa miya tezkorligiga bog‘liq.

- Ayniqsa, himoyachilar ortida bo‘sh hudud bo‘lsa, o‘zingizni g‘oyat erkin tutasiz, biribir. Jamoangizning shunday taktikada tez-tez o‘ynashiga qanday qaraysiz?

- Albatta, bu chizmada raqibning ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri keladi. Shuning barobarida biz uchun chiziqlar orasida kengroq joy qoladi. Menimcha, «Siti» o‘tgan mavsumga nisbatan rang-barangroq o‘ynash salohiyatiga ega, jumladan, markaziy hujumchi bilan. Jamoaga aynan shunday yorqinlik berish harakatidaman.

- 5ta goldan keyin ehtimolki, ikki karra «xet-trik»­ni ko‘zlagandirsiz, ammo murabbiy sizni almashtirdi...

- Ha, ha, maydondan chiqib ketayotib, Gvardiolaga aynan shu haqda gapirdim: «Oltinchi golni xohlagandim...». Yana nima derdim? Uning qaroriga bo‘yin egaman.

- Endi joriy CHLning bosh to‘purarisiz. Barcha sizdan «Manchester Siti»ni turnirda g‘alaba sari yetaklashingizni kutmoqda. Buning ortidan qandaydir bosim sezilmayaptimi?

- Qiyin savol, chunki javob berish bilan sizlarga oson sarlavha berishim mumkin. Albatta, CHLda ham, boshqa turnirlarda ham sovrin yutishni istaymiz. «Siti» oxirgi 5 yilda APLda 4 bora g‘olib chiqdi. Shuni hisobga olsak, meni APL toji uchun xarid qilmagan. Balki CHL kubogi uchundir... Muhimi, klub yanada tezroq rivojlanishiga hissa qo‘shishni xohlayman, shunda CHLning birinchi kubogi o‘z-o‘zidan kelishi mumkin.

E’tirof

- Albatta, Xoland CHLda Messi va Luis Adriano o‘rnatgan rekordni takrorlaganini bilaman! Bu ishni 60 daqiqada bajargani esa aqlga sig‘maydi. Erling hali yosh, kelajakda Messining boshqa rekordlarini ham yangilashiga shubham yo‘q. Agar 22 yoshidayoq marraga yetganida, faoliyatining qolgan qismida zerikib qolarmidi? Hozir esa kelajak uchun maqsadi bor. Erlingni maydondan olishda, shu jihatni o‘yladim. Qolaversa, CHL «pley-off» o‘yinlarida 5ta gol urish rekordi Messiga tegishli ekanligini bilmasdim, bu haqda o‘yindan keyin aytishdi. Xosep GVARDIOLA («Manchester Siti» bosh murabbiyi).

-------------------------------------------------------------------

ERLING XOLANDNING BESH REKORDI

***    CHLda 30ta gol marrasiga eng qisqa vaqtda yetgan futbolchi (buning uchun unga atigi 25ta o‘yin kifoya qildi).

***    CHLda 30ta gol marrasiga yetgan eng yosh futbolchi (22 yosh 7 oy 21 kunlik).

***    CHLning 1ta o‘yinida eng ko‘p gol urgan futbolchi (Luis Adriano va Messi bilan birga).

***    Bir mavsumda «Manchester Siti» uchun eng ko‘p gol urgan futbolchi (42ta).

***    Bir mavsumda «Manchester Siti» uchun CHLda eng ko‘p gol urgan futbolchi (10ta).

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:20, 28.03.2023.
O'qildi: 1253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.