Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" sport direktori Kontening iste’fosi haqida gapirdi

"Tottenxem" sport direktori Kontening iste’fosi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" sport direktori Fabio Paratichi Antonio Kontening jamoadan chetlatilgani haqida gapirdi.

"Tottenxem" 27 mart kuni Konteni iste’foga chiqarganini e’lon qildi. Italiyalik sobiq yordamchi Kristian Stellini bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

“Konte bilan xayrlashish barcha tomonlar uchun eng yaxshi qaror edi. Stellini Antonio kasal bo‘lganida jamoani boshqargan, unda tajriba bor. Rayan Meyson unga yordam berishi mumkin. Ishonchimiz komilki, Stellini va Meyson juda yaxshi ish qila oladilar", - deya Paratichi so‘zlarini keltirgan jurnalist Fabrisio Romano.

"Tottenxem" 28 o‘yindan so‘ng 49 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda “shporlar” safarda “Everton”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 00:18, 29.03.2023.
O'qildi: 1222 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик