Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Kristal Pelas 2-0 Nyukasl
25/04 00:00 Man. Yunayted 4-2 Sheffild Yunayted
25/04 00:00 Everton 2-0 Liverpul
25/04 00:00 Monako 1-0 Lill
25/04 00:00 Marsel 2-2 Nissa
25/04 19:00 Qatar 2-4 Yaponiya
25/04 22:30 Janubiy Koreya - Indoneziya
25/04 23:00 Udineze 1-2 Roma
26/04 00:00 Brayton - Manchester Siti
26/04 19:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
26/04 22:30 Iroq - Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone - Salernitana
27/04 00:00 Monpelye - Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad - Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 18:00 Inter - Torino
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Biz go‘zal kelajak quramiz" - Turkiyadagi ajoyib hamjihatlik

"Biz go‘zal kelajak quramiz" - Turkiyadagi ajoyib hamjihatlik

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Turkiya terma jamoasi mamlakatdagi kuchli zilziladan so‘ng ilk uy uchrashuvini o‘tkazdi – Yevro-2024 saralashida Xorvatiya bilan o‘ynadi (0:2). Muxlislar uchun esa bu alohida lahza bo‘ldi.

O‘yin oldidan muxlislar ta’sirchan perfomans namoyish etishdi – ular mamlakat xaritasini ko‘rsatishdi, unda zarar ko‘rgan hududlar terma jamoa liboslari bilan belgilangan. Sarlavha: “Biz birgalikda qiyinchiliklarni yengamiz. Yelkama-elka bo‘lib, go‘zal kelajak quramiz”.

Fevral oyi boshida Turkiyada zilzila sodir bo‘ldi - shundan so‘ng mahalliy chempionat uch haftaga to‘xtadi. Qayta boshlanganidan so‘ng o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkazildi, biroq mart oyida ular yana tribunalarga qaytishdi. Superliga eng ko‘p zarar ko‘rgan mintaqalar - Hatayspor va Gaziantepning ikkita jamoasisiz davom etmoqda.

Turkiyaning barcha ligalarida 13 ta klub birdaniga mavsumni yakunlamaydi. Mahalliy futbol federasiyalari va ligalari ularga kelasi mavsum uchun o‘rinlarni band qilib, moliyaviy yordam berishga va’da berishdi.

"Beshiktosh" bolalar uchun o‘yinchoqlar bilan aksiya uyushtirdi, "Trabzonspor" mahalliy Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun pul yig‘di.

Zilziladan keyin Turkiyada birinchi bo‘lib "Trabzonspor" o‘ynadi. Konferensiya ligasida u o‘z uyida “Bazel”ni mag‘lub etdi, muxlislar banner tayyorladilar, butun mamlakat o‘yinni tomosha qildi: tribunada Istanbulning top-klublari ham, boshqa viloyatlar jamoalari ham muxlislari bor edi.

Trabzonliklar motam sifatida qora formada o‘ynashdi, o‘yin shiori "bir rang - bir yurak" edi. Birinchi daqiqada tribunalar vafot etganlar xotirasiga sukut saqlashdi, keyin esa terma jamoa o‘yinlaridagi kabi klubga aloqador bo‘lmagan qo‘shiqlar aytishdi - buni Trabzonliklar ustozi Abdulla Avji o‘yindan oldin talab qilgandi.

Jabrlanganlar uchun pul yig‘ish uchun o‘yindan bir necha kun oldin klub abonementlarni bekor qildi va chiptalarni sotishni boshladi - hatto matbuotdagi jurnalistlarga ham. O‘yindan yig‘ilgan pul esa yaxshigina edi, 6 million liradan ko‘proq (2023 yil fevral oyi kursi bo‘yicha 318 ming dollar). Barcha mablag‘lar Favqulodda vaziyatlar vazirligining turkiy analogi bo‘lgan AFADga o‘tkazildi.

Keyin “Beshiktosh” va “Alanyaspor” muxlislari jabrlangan bolalar uchun yumshoq o‘yinchoqlar bilan yoqimli aksiya uyushtirishdi. Aksiya davomida muxlislar “Bolalar doim tabassum qilsin”, deb hayqirishdi. Stadion tablosida mamlakatning har bir hududida zilzila qurbonlari soni ko‘rsatilgan. UNICEF vakili Jeyms Elderning ma’lum qilishicha, Turkiya va Suriyada kamida 7,1 million bola tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan (gap nafaqat jismoniy jarohatlar, balki boshqa oqibatlar haqida ham ketmoqda).

Turkiyada hozir nima bo‘lyapti?

Halok bo‘lganlar soni 50 ming kishidan oshdi, ulardan deyarli 7 ming nafari xorijliklardir (va bu faqat Turkiyada - Suriyada ham bir necha ming kishi halok bo‘lgan). Voqeadan yetkazilgan moliyaviy zarar 100 milliard dollardan oshiqroq deb baholangan.

Zilziladan so‘ng darhol Turkiya hukumati quruvchilarni ovlashga kirishdi - ularni qurilish vaqtida seysmik standartlarga rioya qilmaslikda ayblashdi. Mart oyi o‘rtalariga kelib, buyurtmachi va pudratchi kompaniyalarning 250 ga yaqin rahbari hibsga olingan, jami mingga yaqin odam jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Voqea may oyida bo‘lib o‘tadigan yangi saylovlarga nomzodini qo‘yadigan amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga qattiq ta’sir qildi – uning reytingi tushib ketdi, muxolifatdagi raqib – Respublika Xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdaro‘g‘li bilan kurash, albatta, oson bo‘lmaydi.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 20:17, 29.03.2023.
O'qildi: 1872 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.