Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Braziliya Anchelotti uchun Ronaldo va Kakani ishga soldi

Braziliya Anchelotti uchun Ronaldo va Kakani ishga soldi

Baho:
+ | -

"Men baxtliman va "Real Madrid"da qolishni istayman. Men umrimning oxirigacha Madridda qolishimni bir necha bor aytganman”, - bu ibora Karlo Anchelottiga tegishli. Hech kimga sir emaski, Braziliya federasiyasi Anchelottini jamoaga olib kelmoqchi. Bu mantiqan to‘g‘ri, chunki Karlo yulduzlarni qanday boshqarishni biladi va jahon chempionligini terma jamoaga qaytarish uchun ideal nomzoddek ko‘rinadi. Quyida murakkab hikoyaning asosiy tafsilotlari keltirilgan.

Marca va The Athletic o‘z materiallarida Anchelotti bilan bog‘liq vaziyat haqida insayderlarni chop etishdi. Ba’zi joylarda ular bir-biriga zid keladi, ammo nashrlarning vakolatlarini hisobga olgan holda, ular har qanday holatda ham e’tiborga loyiqdir.

"Real Madrid"ning pozisiyasi hali aniqlanmagan. Klub Anchelotti kelajagi borasida bir qarorga kelmagan, Braziliya federasiyasi esa Madridning yakuniy qarorini kutmoqda. Murabbiyning o‘zi allaqachon ustuvorliklarni belgilab qo‘ygan: u qolishni istaydi, ammo "Real" bilan xayrlashsa, u Braziliyani faoliyatini davom ettirish va keyin tugatish uchun ideal joy deb biladi.

Shu bilan birga, Anchelotti "Real Madrid"ning muhim qismi bo‘lib qolmoqda. U klub rahbariyati bilan Madridning kelajagi haqidagi munozaralarda qatnashadi, katta o‘zgarishlarni talab qilmaydi va hech qanday holatda boshliqlarga bosim o‘tkazmoqchi emas. "Real Madrid" Anchelottining sodiqligini qadrlaydi, ammo uning kelajagi Chempionlar ligasidagi o‘yiniga bog‘liq. Klub Ispaniya Superkubogida "Barselona"dan alamli mag‘lubiyat va chempionatda kataloniyaliklardan ortda qolayotgani fonida murabbiyni shubha ostiga qo‘ya boshladi. Agar madridliklar qayta tiklansa va Chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi marta g‘olib chiqsa, Anchelotti bilan 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnoma hatto uzaytirilishi ham mumkin.

Braziliyaliklar Anchelottiga umid qilishmoqda. Va hatto ikkita afsonani u bilan kelishishga undadi.

Aynan shu yerda jurnalistlarning ma’lumotlari turlicha. Marca nashrining yozishicha, Anchelotti braziliyaliklarning asosiy, ammo yagona maqsadi emas. Dastlab federasiya Pep Gvardiolani ko‘rib chiqdi, biroq ispaniyalik aniq javob berdi. Endi muqobil variantlar ro‘yxatiga Joze Mourino va Xorxe Jezus kiradi.

The Athletic esa Anchelotti Braziliya uchun birinchi navbatda maqsad ekanligini ta’kidlamoqda. Va hattoki, federasiyadagi anonim manbadan iqtibos keltiradi: “Bizning maqsadimiz - Anchelotti. Bu faqat u haqida, boshqa ismlar ko‘rinmaydi. Ammo Karloning tayinlanishi amalga oshmasa, biz murabbiyni Braziliyadan qidiramiz”.

Hozircha braziliyaliklar va Anchelotti o‘rtasida rasmiy muzokaralar bo‘lmagan, shuning uchun Karlo unga qiziqish haqida Ronaldo va Kakadan bilib oldi. Ikki afsona Anchelottiga federasiya niyatidan xabar berishdi va murabbiyning bu boradagi fikrini bilishmoqchi bo‘lgan.

Braziliya federasiyasida nima deyishyapti

Federasiya prezidenti Ednaldo Rodriges Reuters agentligiga intervyu berdi: “Keling, hammasini vaqt hal qilsin. Futbolchilar Karloni hurmat qilishadi. Nafaqat Ronaldo yoki Vinisius, uning qo‘l ostida o‘ynaganlarning hammasi. Anchelottining halolligi, mehnati va barqarorligiga qoyil qolaman. Unga futbolchilar bilan ishlashni o‘rgatish kerak emas. Bu allaqachon ko‘plab yutuqlarga erishgan top murabbiydir.

Anchelotti nafaqat futbolchilar, balki muxlislarning ham sevimlisi. Braziliyaning qayeriga bormayin, qaysi stadionda bo‘lmasin, mendan birinchi bo‘lib shu haqida so‘rashadi. Muxlislar Anchelotti haqida iliqlik va uning faoliyati davomidagi namunali ishlarini e’tirof etishadi.

Biz Anchelottini taklif qilish masalasiga xushmuomalalik va amaldagi shartnomalarga hurmat bilan yondashamiz. Nima bo‘lganda ham, biz barcha murabbiy va klublarning mehnatini hurmat qilamiz va shunchaki bosim o‘tkazib, kerakli mutaxassisni olib ketishga harakat qilish hurmatsizlik ekanligini tushunamiz. Shuning uchun sabrli bo‘lishga va muzokaralar uchun qulay vaqtni kutishga tayyormiz. Hali hech narsa hal qilinmadi, lekin biz haqiqatan ham shu yo‘nalishni qidirmoqdamiz, tushundingizmi? Bizga futbolchilar hurmat qiladigan murabbiy kerak”, deyiladi federasiya bayonnomasida.

Kiritildi: 21:34, 29.03.2023.
O'qildi: 1876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.