Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Vadim Abramov yirik hisobli g‘alabadan keyin: «Natijadan qoniqdim, ammo o‘yindan emas»

Vadim Abramov yirik hisobli g‘alabadan keyin: «Natijadan qoniqdim, ammo o‘yindan emas»

Baho:
+ | -

Pro-liganing 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor-farm” – “Dinamo” (0:3) uchrashuvidan so‘ng, samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov savollarga javob berdi.

O‘yin haqida
- Bugungi uchrashuv hisobidan qoniqdim, xolos. Ammo o‘yin borasida bunday deya olmayman. Shunday bo‘lsada, yigitlarga yirik hisobdagi g‘alaba uchun  o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Lekin o‘yindan qoniqish hosil qilmadim. Gol urilganidan so‘ng, shogirdlarim negadir o‘yin sur’atini pasaytirib yuborishdi. O‘z navbatida “Navbahor-farm”ning yosh va yaxshi jamoa ekanligini ta’kidlamoqchiman.

- Mezbonlar jamoangizga munosib qarshilik ko‘rsata olishdimi?
- Ta’kidlaganimdek, maydon egalari yaxshi o‘yin namoyish etib, munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishdi. Mazkur bahs bizga oson kechmadi.

- Joriy mavsumda “Dinamo”ning oldiga qanday maqsad qo‘yilgan?
- Albatta, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

- Bu borada “Dinamo”ga qaysi jamoalar raqobat ko‘rsatadi, deb hisoblaysiz?
- Menimcha, 5 ta tur bahslaridan so‘ng, jamoalar  ajralib qoladi. Umuman olganda, o‘tgan mavsumda Superligada qatnashgan jamoalar yuqori liga yo‘lllanmasi uchun kurash olib boradi.

- Pro ligadagi jamoalar soni kam emasmi? Bu futbolchilarning o‘yin amaliyotiga ta’sir o‘tkazmaydimi?
- Fikringizga qo‘shilaman. Albatta, o‘yinlar soni kam. Shuningdek, hozircha qachon 1-davra bahslari yakunlanib, 2-davra o‘yinlari qachon boshlanishini ham bilmaymiz.

Shuningdek, 5-tur uchrashuvlaridan keyin orada katta muddatli, adashmasam, 20 kunlik tanaffus yuzaga keladi, - deydi murabbiy.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 08:41, 30.03.2023.
O'qildi: 1864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.