Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Karimjon Bozorov: «Hozircha bizga gol yetishmayapti»

Karimjon Bozorov: «Hozircha bizga gol yetishmayapti»

Baho:
+ | -

Pro-liganing 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor-farm” – “Dinamo” (0:3) uchrashuvidan so‘ng, OAV xodimlari mezbonlar murabbiyi Karimjon Bozorovdan o‘yin haqidagi fikrlarini so‘rashdi va  savollar bilan murojaat qilishdi.           .

O‘yin haqida
— So‘zim avvalida bugungi mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman. O‘zingizga ma’lum, azaldan Namangandagi o‘yinlarda futbolchilarda bosim yuzaga keladi. Yigitlar ushbu bosimni yenga olishmadi. Vaholanki, uchrashuvning birinchi bo‘limida bizda 2-3 ta golga tortadigan yaqqol vaziyatlar vujudga kelgandi. Biroq omad bizdan yuz o‘girdi. Futbol 90 daqiqadan iboratligini bilardik. Ammo... Mehmonlar esa tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu rejalarimizga o‘zgartirish kiritib yubordi. Yigitlar qo‘ldan kelganicha harakat qilishdi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirish maqsadida, zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilar o‘yinga kirishib keta olishmadi. Qo‘pol xatodan so‘ng, o‘z darvozamizdan ikkinchi to‘pni o‘tkazib yubordik va mazkur gol yigitlarga ruhan ta’sir qildi.

Endi bu xatolar ustida ishlab, ulardan xulosa chiqarib, keyingi bahslarda muxlislarni xursand qilishga intilamiz.

— Tan olish kerak, “Dinamo” tarkib va tajriba borasida kuchli.  Bu borada nima deya olasiz?  
— Farm jamoamizning maqsadi, yosh futbolchilarni tarbiyalab, tajribalarini oshirish. Pro liganing ham kuchli ekanligini “Dinamo”ning tarkibiga nazar tashlab bilsa bo‘ladi. Samarqandliklar tarkibidan tajribali futbolchilar o‘rin olishgan. Shunday bo‘lsada, yigitlar kuchli raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishdi. Ammo bizdan omad yuz o‘girdi. Yana qaytaraman, futbol 90 daqiqa o‘ynaladi.  

— Jamoa bosh murabbiyi Rashid G‘ofurovning zaxira o‘rindig‘idan joy olmaganligi ham o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdimi?
— Albatta, o‘tkazdi. Baribir bosh murabbiyning o‘rni boshqa. Rashid G‘ofurovning diskvalifikasiyasi muddati yakunlandi va keyingi uchrashuvda u zaxira o‘rindig‘idan joy oladi.

— Futbolchilarni alishtirishda Rashid G‘ofurov bilan maslahatlashdingizmi?
— Albatta, maslahatlashdim. Zaxiradan maydonga tushirilganlar ham mahoratli futbolchilar hisoblanishadi. Biroq, ta’kidlaganimdek, ular o‘yinga kirishib keta olishmadi hamda o‘z imkoniyatlaridan yetarlicha foydalana olishmadi.

Bu futbolning bir bo‘lagi hisoblanadi va endi keyingi bahslarda bunday xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.

— “Navbahor-farm” Pro-liga debyutanti hisoblanadi va ushbu liga o‘yinlariga birdaniga kirishib ketish oson emas. Ilk turlardagi natijalardan fojia yasamaslik kerak. Shunday bo‘lsada, futbolchilarni ruhiy tushkunlikdan qanday olib chiqmoqchisizlar?
— O‘yinlarni tahlil qilib, yigitlarni keyingi bahslarga ruhlantirishga intilamiz. Hozircha bizga gol yetishmayapti. Xudo xohlasa, keyingi o‘yinlarda gollar hisobi ochilsa, hammasi yaxshi bo‘ladi hamda muxlislarni o‘z g‘alabalarimiz bilan xursand etishga harakat qilamiz.    

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:01, 30.03.2023.
O'qildi: 1093 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.