Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Real" o‘ng qanot himoyasidagi muammolarni 3 xil yo‘l bilan yechishi mumkin

"Real" o‘ng qanot himoyasidagi muammolarni 3 xil yo‘l bilan yechishi mumkin

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real"da so‘nggi vaqtlardagi asosiy muammo o‘ng qanot himoyasi bo‘lib qolmoqda. Anchelotti Dani Karvaxalni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, biroq o‘ng qanot himoyachisi juda uzoq vaqtdan beri o‘z formasida emasligi ko‘pchilik muxlislarga ayon. Klub faxriysi endi avvalgi darajasiga qaytmasligi mumkin.

"Qaymoqranglilar"da o‘ng qanot himoyasidagi muammolarni yechish uchun uchta yo‘l mavjud.

Yangi o‘yinchi bilan shartnoma tuzish

Yozg‘i transfer oynasida "Real" rahbariyati yangi yulduz qanot himoyachisini olib kelishi mumkin. Diario AS xabariga ko‘ra, qisqa ro‘yxatga Ris Jeyms, Joau Kanselu, Xuan Foyt va Davide Kalabriya kiritilgan.

Muammo shundaki, yaxshi o‘ng qanot himoyachisi juda qimmat va xabarlarga ko‘ra, klub navbatdagi transfer oynasida asosiy xaridlar sifatida Yoshko Gvardiol va Jud Bellingemni belgilab olgan.

Militaoni o‘ng qanotga o‘tkazish

Bunday uslubni Anchelotti bu mavsumda ikki marta "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinlarda sinab ko‘rdi. Birinchi tajriba o‘rtacha natija berdi, ikkinchisi esa muvaffaqiyatli bo‘ldi. O‘shanda Militao hatto gol ham urdi. Braziliya terma jamoasida Eder Militaoning qanotda o‘ynashi odatiy hod. Ba’zi o‘yinlarda u himoyada ham, hujumda ham birdek faol harakat qila oladi.

David Alaba jarohatidan safga qaytgach endi asosiy tarkib uchun kurash yanada qizg‘in kechadi. Markazdagi raqobat sabab balki Anchelotti Militaoni qanotda sinab ko‘rish ehtimoli bor.

Yosh Vinisius Tobiasga imkon berish

2022 yilning qishida "Shaxtyor"dan ijaraga olingan Vinisius Tobias "Real"ning ikkinchi jamoasi "Kastilya" safida Raul qo‘l ostida super o‘yinlar namoyish etmoqda. 19 yoshli futbolchi bu mavsumda jami 32 ta o‘yinda 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

"Barselona"da Alexandro Balde 18 yoshida Jordi Alba bilan raqobatda yutib chiqqanidek, balki Anchelotti "qirollik klubi" tarkibida Vinisiusga ham imkoniyat berar. Chunki La Ligada "Barselona" bilan oradagi 12 ochkolik farq sabab masala deyarli hal bo‘lgan. Bunday vaziyat rotatsiya orqali yangi futbolchilarning kuchini sinab ko‘rishning ayni vaqti.

Sizningcha jamoaga qaysi o‘zgarish foyda keltiradi?

Kiritildi: 01:19, 31.03.2023.
O'qildi: 3247 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик